Interoresepsiya, interoseptsiya

Interoresepsiya, interoseptsiya (lot. interior — ichki, receptio — qabul qilish) — ichki a’zolar (yurak, qon va limfa tomirlari, nafas a’zolari, ovqat hazm qilish yo’llari va b.) dagi se- zuvchi nerv uchlari (interore-tseptorlar) ning qo’zg’alishi natijasida vujudga ke- ladigan impulslarning Markaziy nerv sistemasi tomonidan qabul qilinishi. Ingliz fiziologi Ch. Sherrington I.ni o’rganishni boshlab berdi. U I.ning maxsus tipi propri-oresepsiyani top- Di va muskul I.sining harakat reaktsi- yalaridagi ahamiyatini aniqladi. Undan oldinroq muskul I.si rolini I. M. Sechenov aniqlagan. I. P. Pavlovning tashki muhit analizatorlari b-n birga organizm ichki muhitining analizator- lari ham mavjudligi haqidagi tushuncha- si I.ni o’rganishda muhim turtki bo’ldi. Bu tushuncha I. P. Pavlovning shogirdi K. M. Bikov va uning maktabi tomonidan rivojlantirildi. Ular interoreseptiv shartli reflekslar hosil bo’lishi mum- kinligini aniqlab, I.ning katta yarim sharlar po’stlog’i va uning funktsiyasiga ta’sir qilishini isbotlab berishdi. Bu narsa fiziolog va vrachlarga ichki a’zo- lar ta’sirchanligini o’rganishning yangi usulini ochib berdi. I.ni o’rganish nati- jasida tibbiyot na-zariyasi va tajribasi uchun muhim bo’lgan omillar aniqlandi. Interoseptik impulslarning kuch- li oqimi barcha qon tomirlar, yurak va o’pkadan Markaziy nerv sistemasiga o’tib, tomirlar tonusini tartibga so- ladi. Hazm yo’li ishini yaxshilashda ham I.ning ahamiyati katta. I. va eksterore- tseptorlardan Markaziy nerv sistemasi- ga keladigan ta’sirotlarning nisbati organizm reaktsiyasining bir butunli- ligini va organizm ichki muhitining uz- luksiz o’zgarib turadigan tashki muhit ta’sirlariga moslashishini ta’minlay- Di.