IPAKCHILIK INSTITUTI
IPAKCHILIK INSTITUTI, O’zbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti —pillachilik va Ipakchi- lik muammolarini o’rganadigan ilmiy tadqiqot muassasasi. 1927 y. 12 noyab.da Turkiston ipakchilik idorasi («Turk- shyolk») O’rta Osiyo aktsiyadorlik jami- yatining ipakchilik madaniyati bo’limi va O’rta Osiyo ipakchilik st-yasi negizi- da O’rta Osiyo ipakchilik va ipakshunos- lik in-ti nomi b-n tashkil qilingan. 1931-91 y.larda O’rta Osiyo ipakchilik i. t. in-ti. 1991 y.dan hoz. nomda. Tosh- kent sh.da joylashgan. 1998 y.dan «pilla xolding» xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. In-tda ipak qurti selektsiyasi, ipak kurti naslchiligi, ipak qurti Ge- netikasi, ipak qurti tuxumchiligi, ipak qurti kasalliklariga qarshi kurash, ipak qurti agrozootexnikasi, tut selek- tsiyasi va agrotexnikasi, tut kasallikla- ri va zararkunandalariga qarshi kurash, pillaga dastlabki ishlov berish va Stan- dartlash, ipakchilikni mexani-zasiyalash, ipakchilik iqtisodiyoti lab. lari, ilmiy ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil qilish bo’limi bor. In-t olimlari tomonidan ipak kur- tining 60 dan ortiq zot va duragayla- ri yaratilgan. Hoz. davrda O’zbekiston 5, O’zbekiston 6, Ipakchi 1 x Ipakchi 2, Ipakchi 2 x Ipakchi 1 kabi yuqori mahsuldor tolasi ko’p bo’lgan duragaylar ishlab chiqarishga joriy etilgan. Ipak qurti jinsini sun’iy boshqarish bora- sida katta muvaffaqiyatlarga erishildi va jinslari bo’yicha boshqariladigan (100% li erkak jinsli) duragaylar yara- tildi. Tutning O’zbekiston, Surxtut, Tojikiston urug’siz tuti, Mankent, Pi- oner, SANIISH 33 kabi 9 navi yaratildi va r-nlashtirildi. Sifatli Kurt tuxumi etishtirish, sifatli pilla olish, ipak kurti va tut daraxtining kasallikla- ri va zararkunandalariga karshi kurash usullari, kuruq va tirik pillalarning davlat standartlari, ipak kurti tuxumi tay-yorlashdagi ish jarayonlarini mexa- ni-zasiyalash va b. masalalar o’rganilgan. In-t faoliyati E. F. Poyarkov, B. L. Astaurov, V. A. Strunnikov, U. Nasril- laev, X. Rasulov, M. G’anieva, O. Po’la- tov, O’. Qo’chqorov va b. olimlar nomlari b-n bog’liq. In-tda pillachilikning eng muhim muammolarini o’rganish bo’yicha katta yutukdarga erishildi. Tut ipak qurtining xavfli kasalligi bo’lgan pe- brinaga qarshi kurashning yagona bio- logik usuli ishlab chiqildi [prof. E. F. Poyarkov (1885-1955)], sanoatbop qurt boqishda duragaylardan foydala- nish, ipak qurti naslchiligi, partoge- nezi va tsitogenetikasi o’rganildi, ipak qurtining jahon geno-fondi yaratildi [prof. B. A. Astaurov (1907-1975)], ipak qurti genetikasi o’rganildi, 100% li erkak jinsli du-ragaylar yaratildi (prof. V. A. Strunnikov), ipak kurti- ning serpushtlik va mahsuldorlik belgi- lari o’zgaruvchanligi, irsiylanish, nasl- chilik ishining texnologik reglamenti, oilalarni baholash va tanlash usullari ishlab chi-qildi (prof. U. Nasrillaev), pillachilikka oid darsliklar, monogra- fiyalar yaratildi. In-tda ipak qurti zot- larining 100 dan ortiq, tut navlarining 20 dan ortiq kollektsiyalari bor. In-tda 60 ilmiy xodim ishlaydi, ularning 6 na- fari fan D-ri va 13 nafari fan nomzodi (2002). In-tda kutubxona (10 mingga yaqin asar) faoliyat ko’rsatadi, aspirantura bor; ilmiy maqolalar, to’plamlar, asar- lar nashr qiladi. Ad.: Abduqodirov Sh., Pillachiligi- miz tarixidan lavhalar T., 2000. Shodikarim Abduqodirov.