IQTISODIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR

IQTISODIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR — insonning iqtisodiy sohadagi yuridik imkoniyatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy huquqlar majmui. Mazkur imkoniyatlarning xarakteri va mohiyati pirovard oqibatida muayyan jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzumni belgilab beradi. Hozirgi demokratik davlatlarda asosiy Iqtisodiy huquq va erkinliklar sirasiga xususiy mulkchilik huquqi, jumladan, yerga va aqliy mehnat mahsulotlariga xususiy mulkchilik huquqi, meros huquqi, erkin tadbirkorlik (xo’jalik sohasida tashabbuskorlik) huquqi, mehnat huquqi va mehnatga oid boshqa huquqlar, xususan ishsizlikdan muhofaza qilinish, korxonani boshqarishda ishtirok etish va h.k. kiradi.