IQTISODIY KATEGORIYALAR
IQTISODIY KATEGORIYALAR – jamiyatning iqtisodiy hayot sharoitini umumlashtirib aks ettiruvchi mantiqiy tushunchalar bo’lib, ular real iqtisodiy voqelikning in’ikosi, ifodasidir. Kategoriyalar ilmiy fikrlash mahsuli bo’lib, hayotda uchraydigan tushunchalardan farq qiladi. Kategoriyalarni uch guruhga bo’lish mumkin. 1. Umumiqtisodiy kategoriyalar-jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining barcha bosqichlariga xos bo’lgan ishlab chiqarish, mulk, ish vaqti, mehnat taqsimoti, jamg’arish, ehtiyoj kabi tushunchalar. 2. Formatsion maxsus kategoriyalar – faqat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan bosqichiga xos bo’lgan o’tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalar ekspluatatsiya, renta, ortiqcha aholi, qashshoqlanish, monopoliya va boshqa shu kabi tushunchalardan iborat. 3. Davriy, oraliq kategoriyalar – umuminsoniy xarakterga ega, bir nechta iqtisodiy tizimlar doirasida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda saqlanuvchi tovar, pul, talab, taklif, marketing, narx, inflyatsiya va boshqa shu kabi tushunchalardan iborat.