Irkutsk viloyati

Irkutsk viloyati – RF tarki – bi dagi viloyat. 1937 y. 26 sent. da tash- kil etilgan. Sharqiy Sibirning Jan. qismida. Mayd. 767,9 ming km2. Aholisi 2748 ming kishi (2000), asosan, ruslar, shuningdek, ukrainlar, Belorus lar, ta- tarlar, chuvashlar, buryatlar, evenklar, tofalar yashaydi. Viloyat tarkibida ust- O’rda Buryatlari Muxtor okrugi bor. I. v. 31 r-nga bo’lingan. 22 shahar, 60 shaharcha mavjud. Markazi — Irkutsk sh. Viloyat hududining aksari qismini O’rta Sibir yassitog’ligining Jan. Sharqiy qismi egallagan. Shim.Sharq-ida Shim. Baykal va patom tog’liklari joy- lashgan. I. v. da kuchli zilzilalar bo’lib turadi. Iqlimi Kontinen-tal. Yanv. ning o’rtacha t-rasi — 15° (Baykal sohilida) dan — 21° (Irkutskda)gacha va — 33° (Bodayboda). Qor qoplami 160-170 kun saqlanib turadi. Iyulning o’rtacha t-rasi 17°-19°. Yiliga 400 mm dan 800 mm gacha yog’in yog’adi. Vegetasiya dav- ri 116-127 kun. Shim. va tog’lik joy- larida to’ngib yotgan erlar bor. Asosiy daryolari: Angara, quyi Tunguska, Lena va uning irmoqlari. Tuprog’i, asosan, podzol tuproq. Hududining 80% o’rmon. Tilog’och, qarag’ay, kedr, qoraqarag’ay, oqqarag’ay o’sadi. O’rmon, kimyo va neft kimyosi sa- noati, energetika, rangli metallurgiya etakchi o’rinda. Mebel, tikuvchilik, poyabzal, trikotaj, ko’nchilik, go’sht-sut, konditer, pivo, spirt va baliq sanoa- ti tarmoqlari bor. Konchilik sanoati- ning asosiy tarmoklari: oltin (Boday- bo atrofi), slyuda (Mama-Chuya atrofi), talk (Onot koni), temir rudasi (kor- shunove k-ti), tuz (Usole-Sibirskoe), marmarsimon ohaktosh («Pereval» koni), gips (zalari koni) qazib olish. Ma- shinasozlik Irkutsk—Cheremxovo sano- at r-nida bo’lib, kon, neft-kimyo va me- tallurgiya sanoatlari uchun asbob-usku- nalar ishlab chiqaradi. Yog’och tayyorlash korxonalari Angara, ilim va Lenaning o’rta oqimlarida joylashgan. Baykal va Bratsk tsellyuloza z-dlarida kord tsel- lyuloza ishlab chiqariladi. «Baykal» FA- nera-gugurt kti (Usole-Sibirskoeda), tsement, keramika, gips z-dlari (angar- SKda), shisha (Tulunda), yig’ma temir-be- ton, g’isht-beton, g’isht z-dlari, Irkutsk- dachoy qadoklash f-kasi, Usoleda tuz z-Di, Irkutskda yog’-moy kti mavjud. G’alla (bug’doy, grechixa, arpa, suli va b.) em-xashak ekinlari, kartoshka va sabzavot etishtiriladi. Chorvachilik sut-go’sht etishtirishga ixtisoslashgan. Shim. da bug’uchilik, mo’ynachilik, darran- dachilik b-n shug’ullaniladi. Baykal, An- gara va Lenada baliq ovlanadi. Asosan, Angara, Lena, Vitim daryolari va Baykal ko’lida kema qatnaydi. I. v. da Baykal- Amur t.y. magistralining boshlang’ich punkti (ust-kut) joylashgan. 8 oliy o’quv yurti, 6 teatr, 5 muzey bor.