Irsiyat

Irsiyat — organizmning o’z belgi- lari va xususiyatlarini kelgusi avlod- larga o’tkazish, ya’ni organizmlarning o’ziga o’xshash nasllarni bun-yod etish xos- sasi. I. tufayli avlodlararo moddiy va funktsional izchillik ta’min etiladi. I. har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususi-yatlaridagi tafovutlar- ning avlodlar osha saklanib qolishini ham ta’minlaydi. Organizmlarning o’zaro o’xshashlik va qarindoshlik da- rajasiga bi-noan oila, urug’, tur kabi sistematik guruhlarga muayyan tartib- da taqsimlanishining asosida ham I. yotadi. I. tufayli bitta sistematik guruhga mansub organizmlar belgilari- ning turg’unligi, ya’ni o’zaro o’xshashligi b-n birga ularning bir-biridan farq qiladigan belgilar ham saqlanib qoladi. I. ning muayyan bir yo’nalishda ta’si- ri tufayli organizm belgilarining avlodlar osha turg’unligi ta’min eti- ladi. I. organizmlar on-togenezining turg’unligi, ontogenez bosqichlari ketma- ketligini va bu jara-yonlarda moddalar almashinuvi xususiyatlarini belgilab beradi. I. ning yana bir xususiyati uning o’zgaruvchanligidir (q. O’zgaruvchanlik). Binobarin organizmlar irsiy belgila- rining turg’unligi mutloq bo’lmaydi. Turli xil organizmlar bir-biridan tur- gunlik darajasi b-n farq qiladi. Mac, paleozoy erasi Perm davridan saklanib qolgan ochiq uruglilar vakillaridan ginko (Ginko biloba) ni qazilma ajdodla- ri b-n solishtirilganda million yillar o’tgan bo’lishiga qaramay bir qancha irsiy belgilar deyarli o’zgarishsiz saklanib qolganligi ko’zga tashlanadi. Xuddi shu tariqa panjaqanotli latimeriya balig’i (Latimeria chalumnae) ham million yil- lardan buen deyarli o’zgarishsiz Hind okeanining Jan.-g’arbiy qismida sakla- nib qolgan. Lekin aksariyat hollarda I. ning turg’unligi muayayn darajada nis- biy bo’ladi. Organizm genetik omillar va yashash sharoitining o’zaro ta’siri natijasida rivojlanganligi tufayli I. xam genotip va tashki sharoitning ta’sirida turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Aksariyat hollarda I. xromoso- malar tarkibidagi DNK molekulasida joylashgan genlar orkali amalga oshadi. Bunday I. xromosoma yoki yadro I. i dey- iladi. Genlarning nisbatan kam qismi tsitoplazmada joylashgan PLA-stidalar va mitoxondriyalarda, ya’ni xromosoma- lar b-n bog’liq bo’lmagan hujayra ele- mentlarida joylashgan bo’ladi. Bu gen- lar faoliyati orqali amalga oshadigan I. tsitoplazmik I. deyiladi. I. tufay- li organizmlar har xil guruhlarining nisbatan musta-qilligi, ularning yaxlit sistema (po-pulyasiyalar, turlar) sifati- da muayyan yashash sharoitiga moslashgan- lik xususiyatlari saqlab qolinadi. Illy sababdan I. evolyusion jarayonning eng asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Genetik tadqiqotlar natijasida qator I. qonunlari kashf etildi. Men- del tadqiqotlaridan kelib chiqadigan I. qonunlari quyidagilardan iborat: organizm belgi va xususiyatlarining irsiy asosini genlar tashkil etadi; I. birligi bo’lgan genlar nisbatan tur- g’undir; har bir gen har xil allel (do- minant va resessiv) xrlatda bo’ladi; tana hujayralarida genlar jinsiy hujayradagiga nisbatan ikki hissa ko’p. Amerikalik T. Morgan tadqiqotlari negizida quyidagi I. printsiplari aniqlandi: gen xromosomaning lokus deb nomlangan ma’lum bir qismida o’rnashgan; allel genlar gomologik xro- mosomalarning aynan o’xshash lokusla- rida o’rin oladi; genlar xromosomalarda muayyan tartibda bir qator bo’lib joy- lashgan; jinsiy hujayralarda xromo- somalar soni tana xujayralariga nis- batan ikki hissa kam (gaploid) bo’ladi. Zigotada genlar jinsiy hujayralarning xromosomalari qo’shilishi ham ikki ba- ravar ortadi va somatik hujayralarda bo’lganidek diploid holatga o’tadi. I. printsiplari negizida genlarning mo- lekulyar genetik strukturasi va funk- tsiyasi haqidagi ta’limot yotadi. I. qonuniyatlarini o’rganish q. x. amaliyoti- da va tibbiyotda muhim ahamiyatga ega. Jo’ra Musaev.