Isfahon

Isfahon — Eronning Markaziy qismidagi shahar, Zoyanderud daryosi bo’yidagi xushmanzara joyda. Isfahon ostonining ma’muriy markazi. Yiliga 28 mm yog’in yogadi. Aholisi 1266 ming kishi (1997). I. qadimiy qo’lyozmalarda (mas, Pto- Lemey asarlarida) Aspadana nomi b-n tilga olingan. Sosoniylar davri (3— 7-a.lar)da Markaziy Eronning iqti- sodiy va madaniy markazi bo’lgan. 7-a. da shaharni arablar egallagan. 8-13-a. larda I. Yaqin va O’rta Sharqdagi eng Yi- rik hunarmandchilik va savdo markazla- ridan biri bo’lgan. 1237 y.da I.ni mo’g’ul bosqinchilari vayron qilgan, keyinroq shahar qayta tiklangan. 1387 y.da uni Amir Temur egallagan. Shahar 16-a. oxi- ri — 17-a. boshlarida, Safaviylar dav- latining poyimi bo’lgan davrda ayniqsa ravnaqtopgan. I. 17-a. o’rtalarida aholisi qariyb 600 ming kishilik katta shahar edi. 1722 y.da uni afg’onlar bosib olib, talon-taroj qildilar. 18-a. oxiri- da poytaxt I.dan Tehronga ko’chirilgach, shaqar avvalgi mavqeini yo’qotdi. I. — mamlakatda Tehrondan keyin 2-o’rindagi muhim savdo-sanoat marka- zi. Avtomobil va havo yo’llari tuguni. To’qimachilik (ip va jun gazlamalar, trikotaj sanoati), yog’ochsozlik, ozik,- ovqat (yog’, shakarqand), tsement, poyab- zal, kimyo korxonalari, oyna z-Di bor. Shahar yaqinida yirik metallurgiya z-Di qurilgan. I. — gilam to’qish va o’r-ta asr miniatyurachiligining qad. markazi. I.da Eron me’morchiligining bukj yodgorliklari saqlanib kelmoqda. Joms masjidi (9-20-a.lar), Chehel Do’xtaron (1107) va Sarebon minoralari (12-a. oxi- ri), Ja’far maqbarasi (14-a.), Horune Viloya maqbarasi, Shoh masjidi (1612— 30), Lutfullo masjidi (1603-18), Ali Qopu saroyi (15-a.), Chehel sutun saroyi (1590), Modari Shoh madrasasi (1706— 14), minoralari tebranuvchi Jonbe mas- jidi, bir necha ko’prik-binolar, un-t bor.