ISMOILOVA DILBAR OBIDOVNA

ISMOILOVA DILBAR OBIDOVNA (1938.11.8, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (2003). Zaynab Savriyevaning qizi. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1961). 1958-87 yillar Hamza teatrida, 1987 yildan O’zbek davlat drama teatrida aktrisa. «Xolisxon» (Hamza) spektaklidagi Zuhra uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. O’z ijodi davomida lirik, dramatik xarakterdagi turli obrazlar yaratdi: Qamarabonu (B.Avazov, «Furqat»), Kamola (R.Tagor, «Gang daryosining qizi»), Guli (Uyg’un, I.Sulton, «Alisher Navoiy»), nuri (Oybek, «qutlug qon»), Margarita (A.Dyuma, «ajal minorasi»), Oyimjahon (K.Yashin, «Buxoro»), Lutfi (S. Ahmad, «Kelinlar qo’zg’oloni»), Anvara, risolat (O’.Umarbekov, «Qiyomat qarz», «Shoshma, quyosh»), Uvaysiy (T. To’la, «Nodirabsgim»), Xonzoda (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Bayla (P.Qodirov, «Yulduzli tunlar»), Mastura satang (Hamza, «paranji sirlari»), Gonerilya (uUShskspir, «Qirol Lir») va boshqalar. Iskandarov dublyaj san’ati ustalaridan. U «Ganga va Jamna», «Hur qizlar», «Anna Karenina», «Morena Klara», «muhabbat qahvasi», «Gvadalaupe» va boshqa filmlarda bir necha qahramonga ovoz bergan. «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1998).