Issiqlik
Issiqlik — materiya harakati shakli; jismlar o’rtasidagi issiqlik almashinish jarayonining energetik ifo- dasi. Materiyani tashkil qiluvchi mikro- zarralar (molekula, atom, elektron va b.) ning betartib harakatlari miqdori I. ni ifodalaydi. I. va is-siqlik mikdori atamalari bir xil ma’noni bildiradi. I. haqidagi ma’lumotlar juda qadimdan ma’lum. Qadim zamonlarda I. ni jismlarning har xil holatiga bog’liq bo’lgan qandaydir asos, negiz deb qaralgan. 16-a. gacha jismlarning qizish darajasi sezgi organlari yordamida aniqlangan. 16-a. da g. Galiley birin- chi marta termometr yasab, jismlarning qizish darajasini (t-Rani) aniqlagan. 17-a. dan boshlab, I. holatini materiya tarkibidagi zarralar harakatiga bog’lab tushuntira boshlangan (F. Bekon va R. De- kart). 18-a. birinchi yarmida D. Bernulli, M. F. Volter bu ta’li-motni yana ham rivojlantirdi. 18-a. da metallurgiya va bug’kuchiga asoslangan texnika juda taraqqiy qildi. Bu esa I. hodisalarini yana ham anikroq tekshirishni talab etdi. Ayniqsa, t-ra (termometriya) ni, I. miqdorini o’lchash (kalorimetriya) usul- lari taraq-qiy qildi. 18-a. o’rtalarida M. V. Lomonosov berk idishda moddalar- ning ku-yishini tajribada tekshirib, moleku-lyar-issiqlik nazariyasini kashf etdi. Nemis tabiatshunosi yu. R. Mayer is-siklik va mexanik ishning ekviva- lentligini asoslaganidan keyin (1850— 60) J. Jdul’va frantsuz olimi Girni tomonidan molekulyarkinetik nazariya qayta tiklandi va R. Klauzius hamda J. Maksvell tomonidan rivojlantirildi. Bu nazariyaga asosan I. jismlar tarki- bidagi atom va moleku-lalarning betar- tib qarakatiga bog’liq. Jismning t-rasi ko’tarilsa, tarkibidagi molekula yoki atomlarning betartib harakati tezlasha- Di. Agar har xil trali ikki sistema bir- biriga yaqinlashtirilsa (I. kontaktiga keltiril-sa), ularning ichki energiyasi o’zgaradi; ikki sistemada makroskopik (ko’zga ko’rinadigan) ish bajarilmasdan I. almashinadi. Sistema makroskopik ish bajarmasdan tashqi muhit b-n I. al- mashganda tashqi muhitning ichki ener- giyasi o’zgarishi sistema olgan I. deyi- ladi va bu I. sistemaning I. harakati miqdori ortishiga olib keladi. I. Alma- shishda makroskopik ish bajarilma-sada, mikroskopik (ko’zga ko’rinmaydigan) ish- lar bajariladi, ya’ni tashqi muhit mo- lekulalari, atomlari mole-kulyar kuchlar b-n sistemaning molekulalari va atom- lariga ta’sir qilib ish bajaradi. Mas, jism b-n qizdirilgan gaz I. kontaktiga keltirilganda gazdan jismga energiya- ning o’tishi gaz molekulalarining jism molekulalari b-n bevosita to’qnashishi (mikroskopik ish bajarishi) orqali so- dir bo’ladi.