ISSIQLIK BILAN TA’MINLASH
ISSIQLIK BILAN TA’MINLASH — kommunal xo’jalik va texno- logik ehtiyojlar uchun iste’molchilar- ga issiklik etkazib berish. Markaziy va mahalliy I. b-n t. tizimi yordamida amalga oshiriladi. Bunda suv (t-rasi 150° gacha) yoki bug’ (bosimi 0,5 — 4,0 MPa) issiqlik eltgich vazifasini ba- jaradi. Markazlashtirilgan I. b-n t.ti-zimi sanoat yoki turar joylarning ko’plab iste’molchilarini (bir necha o’nlab km da joylashgan), mahalliy I. b-n t. tizimi bir yoki bir necha binoni (bir necha o’nlab m. da joylashgan) issi- klik b-n ta’minlaydi. Markaziy I. b-n t. da bir yoki bir necha issiqlik manbai, issiklik tarmoklari va issiklik qabul qiladigan qurilmalardan foydalanila- Di. I. b-n t. manbai — qozonlar, sanoat korxonalari va issiklik elektr markaz- laridan ortgan issiqlikdan foydalana- digan qurilmalar. Issiqlik tarmoqlari — suv yoki bug’yuradigan quvurlar, bino- larga suv yoki bug’kiritish va chiqarish moslamalari hamda izolyasiya Mate- ri-allari. Issiqlik qabul qiladigan qurilmalar — radiatorlar, reestrlar, qovurg’ali trubalar va b. Issiklik is- te’molchilari qancha ko’p, ya’ni I. b-n t. tizimi qancha yirik bo’lsa, tejamlilik shuncha ortadi, ishlarni mexanizasiya- lashtirish va avtomatlashtirish shuncha engillashadi. I. b-n t. tizimida t-Rani yoki issiqlik eltuvchi miqdorini rost- lab turish mumkin. Yirik tizimlarda bu ish avtomatika va uzokdan boshqarish asboblari vositasida bajariladi. Is- te’molchilar sarf qilayotgan issiklik miqdori va parametrlarini qayd qilib turish uchun boshqarish uzellariga issi- klik o’lchagichlar va qayd qilgichlar (re- gistratorlar) o’rnatiladi. O’zbekistonda I. b-n t. tizimi 20-a. 30-y. lar oxirlari-da paydo bo’lgan.