Issiqlik harakati

Issiqlik harakati – modda- ni tashkil etgan zarralar (molekulalar, atomlar, elektronlar va b.)ning tartib- siz (xaotik) harakati. Termodinamik muvozanatli holatdagi zarralarning barcha yo’nalishlaridagi teng ehtimolli tartibsiz harakati xaotik harakat deyi- ladi. Real gaz molekulalari bir to’qnashishdan keyin ikkinchi to’qnashishgacha to’g’ri chizikli tekis harakatlanadi. Gazdagi molekulalar- ning bu ilgarilanma harakatlari barcha yo’nalishlarda xaotik harakatdir. Mole- kula ilgarilanma harakatining o’rtacha kinetik energiyasi <mv2/2> energiyaning teng taqsimlanishi qonuniga binoan, <th)2/2>=3-(kt/2). I. h.ning intensiv- ligi mikdoriy jihatdan t-ra T orqali aniqlanadi (k — Bolsman doimiy-si). Siyrak gaz molekulalarining I. h. tu- fayli uning idish devoriga bosimi quyidagicha ifodalanadi: r=PKt, bunda p — hajm birligidagi molekulalar soni (zichligi). O’zgarmas bosimda gaz t-rasi T pasayishi va zichligi p ortishi b-n erkin yugurish yo’li kamayadi va ilgarilanma harakat b-n bog’liq tartibsiz harakat Su- sayadi. Suyuq holatdagi modda molekulasi o’z atrofidagi molekulalar b-n aylanma va tebranma harakatda doimo to’qnashishda bo’ladi; molekula amorf jis-mlar, jum- ladan, suyuqliklarda molekulalarning I. h. — vaqtincha muvozanatli holatlari atrofida tartibsiz joylashgan moleku- lalarning tebranma harakatlaridan va bu harakatlar davomida ularning ba’zan bir muvozanatli tebranish holatlaridan boshqalariga sakrashlaridan iborat. Kuchli yopishqoq suyuqliklarda, ayniq- sa, amorf jismlarda, jumladan, shi- shalarda bunday sakrashlar nihoyatda oz bo’ladi. Suyuklik molekulalarining I. h.dagi tartibsiz ilgarilanma harakati shu sakrashlar tufayli sodir bo’ladi. T-ra ortishi b-n I. h.ni ifodalovchi te- branma harakatlar va sakrab o’tishlar ku- chayadi. Qattiq jismda I. h. — undagi atom- larning muvozanatli holatlari atrofi- da kichik tebranishlaridan iborat; t-ra ortishi b-n tebranishlar am-plitudalari kattalashadi. Kristallanish t-rasida kristall va suyuklikning issiklik sig’imlari bir-biridan kam farqlanadi; binobarin, ulardagi I. h.lar bu t-Rada taxm. bir xil xususi-yatga ega bo’ladi. Kristall qattiq jismda I. h.ning susay- ishi tufayli, ma’lum o’tish tralarida, mas, paramag-nitning ferromagnitga yoki antiferromagnitga o’tishida tartibsiz aylanma harakat tartibli holatga o’tadi. Kristall qattiq jismlar atomlarining I. h., kvant statistikaga asosan, fonon- lar gazi orqali tavsiflanadi; issiklik qattiq jismda fononlar yordamida uza- tiladi.