Issiqxona

Issiqxona — noqulay iqlim sha- roitida ekinlarga sun’iy muhit (haro- rat, yorug’lik, namlik va b.) yaratadigan inshoot. Asosan, mavsumdan tashqari dav- rlarda mahsulot etishtirish, issiqxona va ochiq dala uchun ko’chatlar o’stirishga xizmat qiladi. I. oynaband yoki polimer plyonka, stekloplast va h. k. b-n o’ralgan bo’ladi. Yog’och yoki temir, po’lat, alyuminiy kabi metall US-kunalardan tiklanadi. I. larning xil-maxil turlari mavjud. Ular foidalanish muddatlari va davom- liligiga qarab — qishki hamda bahorgi; vazifasiga ko’ra — ko’chat o’stiriladigan va sabzavot etishtiriladigan; sabzavot- larni o’stirish texnologiyasiga qarab — tuproqli va gidropon; ichki jihozlarga qarab — so’kchakli va tuproqli turlarga bo’linadi. Konstruktiv echimi jihatdan I. lar nur o’tkazuvchi Nishab tomonlari miqdorita qarab, bir, ikki va ko’p to- monlama nishabli turlarga bo’linadi. O’zbekistonda, asosan, pomidor, bodring, rezavor ekinlar, sabzavot o’simliklari ko’chati, shuningdek, limon va manzarali o’simliklar I. da etishtiriladi. Yozi qisqa bo’lgan o’rta va shim. mintaqalarda I. da turli sabzavot va boshqa q. x. ekin- lari yil bo’yi o’stiriladi, hosil oli- nadi va o’simliklarning yangi nav hamda duragaylari etishtirish va boshqa i. t. ishlari olib boriladi. Qishki I. lar yil bo’yi foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, ularda sabzavotlar bahorgi is- siqxona, parniklar, ilitilgan yorlarla o’stirish uchun ko’chatlar etishtiriladi. U metall yoki temir-betondan ishlanadi. Bahorgi I. lar engil kon-struktsiyalardan sabzavotlar erda o’stiriladigan qilib quriladi. Biologik issiqlik yoki quyosh nuri b-n isitiladi. Quyosh nuridan mu- kammal foidalanish uchun bir Nishab- li I. tomi (qiyaligi 33-45°) Jan. ga, ikki va ko’p ni-shablarniki esa (29— 33°) Sharq va g’arbga qaratib quriladi. I. shakli jihatidan ham fonarsimon, angar, blokli, so’kchakli kabi bir necha turlarga bo’linadi. I. larda o’simlik tuproqda (geoponika), tuproqsiz (yoki gi- dropika) muqitda o’stirilishi mumkin. Tuproqli I. larda sabzavotlar bevosita srda o’stirilib, tuproq tagidan, biolo- gik yoki texnikaviy usulda isitiladi yoki butunlay isitilmaydi. O’simliklarga mexanizmlar yordamida ishlov berish va parvarishlash qulay. Gidropon I. lar tuproq ishlatmay sabzavot etishtirishga mo’ljallangan. Ular issiqxona poliga o’rnatilgan yoki 70-80 sm baland ko’tarilgan suv o’tkazmas so’kchaklar b-n jihozlanadi. So’kchaklar ichi neytral substrat (shagal, kum, keramzit va b), b-n to’ldiriladi. AV- tomat qurilmalar yordamida so’kchaklarga ozikli eritma yuborib turiladi, ushbu eritma o’simliklarning qulay oziqlanishi va suv ichishini ta’minlay- Di. Bunday I. larda barcha jara-yonlar AV- tomatlashtirilgan. Ustiga plyonka yopilgan kichik GABA- ritli, engil yig’ma I. lar bahorda Foi- dalanish uchun katta ahamiyatga ega. Havo tayanchli yoki puflama I. lar qurilishida plyonkalarning engillik va egiluvchan- lik xossalaridan to’la foydalaniladi. Keyingi yillarda ko’pgina mamlakatlar- da, asosan, blokli I. lar qurildi. Za- monaviy issiqxona xo’jaliklari sanoat asosida kurilgan va yil bo’yi sabzavot etishtiriladigan haqiqiy f-kalarga ay- langan.