Istehkom

Istehkom (arabcha-mustahkamlash)-dushmandan saqlanish uchun lashkargoh, atrofi va front liniyasida barpo qilingan mustahkam inshoot. Qadimda yog’och, tosh va loy (paxsa, xom g’isht)dan qurilgan. Masalan, Farg’ona vodiysining Dalvarzintepa, Chusttepa, Zarg’aldoqtepa, Ashqoptepa, Tergachitepa kabi jez davriga oid qishloqlari atrofida shunday Istehkomlar bo’lgan. Hozirgi zamon armiyalarida ham Istehkom o’z harbiy ahamiyatini yo’qotgani yo’q. 2-jahon urushi arafasida Yevropa davlatlari “liniya” (chiziq) deb ataluvchi kuchlar Istehkomlar qurdilar (masalan, “Zigfrid liniyasi” (Germaniya), “Mannergeym liniyasi” (Finlandiya), “Majino liniyasi” (Fransiya). 2-jahon urushida Moskva, Leningrad, Stalingrad va boshqa shaharlar mudofaasi uchun qudratli Istehkomlar barpo etilgan.