Iste’mol

Iste’mol — iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish jarayonida mod- diy va ma’naviy ne’matlardan foyda- lanish, takror i.ch. jarayonining oxirgi bosqichi. I. turiga ko’ra, ishlab chiqarish iste’moli va noishlab chiqarish I. ga bo’linadi. Ishlab chiqarish iste’mo- li i. ch. jarayonida xom ashyo, mashina, yoqilg’i, yordamchi materiallar va b. ishlab chiqarish vositalarining, hamda ishchi kuchi (jismoniy va ma’naviy energiya) ning sarflanishini bildiradi. Shu sa- babli i.ch. iste’molchi bevosita i. ch. ja- rayoniga kiradi. Noishlab chiqarish is- te’moli i . ch . doirasidan chetda yuz bera- Di. Bu jarayonda iste’mol buyumlaridan foydalaniladi yoki ular tamomila I. etiladi. Bunday I. aholi I. (yoki shaxsiy I.) va ijtimoiy I. (umumiy ijtimoiy I.)ga bo’linadi. Shaxsiy I. jarayonida kishilarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, dam olish, salomatlikni sa- klash kabi bevosita shaxsiy ehtiyojlari qondiriladi. Umumiy ijtimoiy I. ga boshkarish, fan, mudofaa va b.ga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish kiradi. I. ning asosini moddiy ne’mat- larni i.ch. tashkil qiladi va i. ch. ning asosiy maqsadi I. ga xizmat qilishdan iborat. O’z navbatida I. ham i.ch. ga ta’- sir ko’rsatadi. I. ch. b-n I. o’rtasidagi bog’lanish taqsimot va ayirboshlash orqali amalga oshadi. U yoki bu mamlakat- da, u yoki bu tarixiy davrlarda I. ning umumiy darajasi, aholi farovonligi- ning o’sishi ishlab chikaruvchi kuchlar- ning rivojlanganlik darajasi b-n bel- gilanadi (q. Iste’mol meyorlari).