Isteriya

Isteriya (Yun. hystera — bachadon; yunonlar I. ni bachadonning zararlanish oqibati deb bilishgan) — asabiy-ruhiy kasallik; nevrozlar guruhiga kiradi, ruhiyat, harakat, sezuvchanlik va ichki a’zolar faoliyatining funktsional bu- zilishlari b-n ifodalanadi. I. P. PAV- lov ta’biricha, asabi zaif kishilar I. ga moyil bo’ladi. Bosh miya po’stlog’idagi tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlari- ning buzilishi va ishdan chiqishi asab faoliyatining turli buzilishlariga olib keladi; ular ba’zan isterik reak- tsiyalar ko’rini-shida kechadi. I. belgila- ri 3 guruh simptomlar b-n ifodalanadi: harakat, sensor (sezgi) va vegetativ buzi- lishlar. Harakat buzilishlari — gi- perkinezlar (qaltirash, silkinish, tutqanoq tutishi, falajlanish, ma’- lum guruh muskullarining uchishi, se- zuvchanlikning buzilishi) b-n namo-yon bo’ladi. Sensor (sezgi) buzilishlarga — ane- steziya, gipo – va giperesteziya hamda is- terik algiyalar kiradi. Isterik aneste- ziyalar — qo’lqop, paypoq ko’rinishida bo’ladi. I. algiyalarda bemor tanasining turli joylarida og’riq sezadi, ba’zi a’zolar faoliyatining yo’qolishi, mas, ko’rlik, karlik, soqovlik kuzatiladi. Vegetativ buzilishlar — ko’pincha yuqorida aytib o’tilgan alomatlar, mas, tomoqdagi yoki hiqildoqdagi spazm- lar, nafas olishning tezlashishi, havo etishmasligi b-n bir vaqtda bronxial astmaga o’xshash (psevdoastmatik), ba’- zan yurak o’ynashi yoki yurak atrofida noxush og’riqlar paydo bo’lishi kuzati- lib, bu ko’krak qisishi (stenokardiya) yoki miokard infarkti hurujini esla- tadi. Bemorning yuzaki fikr yuriti- shi, bo’lar-bo’lmasga isho-nuvchanligi, xayolparastlikka moyilligi, kayfiyat- ning beqarorligi (salga kulib, salga yig’lashi), o’zgalar e’ti-borini jalb qilishga urinishi, olif-taligi I. ga xos belgilardir. Kasallik uzoq kechganda tegishli davo qilinma-sa, bemorning xa- rakteri va xulqi o’zgarib qolishi — psi- xopatiyaga olib kelishi mumkin. Oldini olish oilada, maktabda va jamoat tashkilotlarida tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish, shuningdek, nerv sistema- siga yomon ta’sir qiladigan hamma omil- larni bartaraf etish, muntazam mehnat qilish, sport b-n shug’ullanish, sayr qilib turishdan iborat. I. ning dast- labki alomatlari paydo bo’lishi b-noq mutaxassis shi-fokorga borish zarur. Psixoterapiya, tinchlantiruvchi va teti- klantiruvchi vositalar qo’llaniladi.