Istisqo

Istisqo (Arab.) — organism bo’shliqlari, to’qimalari, xususan, teri osti yog’qavati (kletchatka)da suyuklik (transsudat) to’planishi. Suyuqlik qaysi a’zoda yig’ilganligiga qarab bosh miya, ko’krak, moyak, perikard, qorin va b. a’- zolar I.si farq qilinadi. Yurak, buy- rak kasalliklari, homiladorlik toksi- kozlari va b. kasalliklarda kuzatiladi. Ko’z I.si gidroftalm, bosh miya I.si gidrosefaliya, plevra I.si gidrotoraks, qorin I.si assit, bachadon nayi I.si gidrosalpinks, moyak pardalari I.si gidrosele, perikard I.si gidroperi- kard, bo’g’im I.si gidroartrit deb atala- Di. Homiladorlar I.si, urug’tizimchasi I.si, ko’z yoshi xaltachasi I.si ajratila- Di. Abu Ali ibn Sino nog’orasimon I. (el I.si)ni ham ajratadi. I.ning umu- miy va mahalliy xillari bor. Umumiy I. yurak-tomir sistemasi (yurak shishla- ri, bunda shish ko’proq tananing pastki qismlarida bo’ladi), buyrak kasallikla- ri, holdan toyish va oqsil etishmovchili- gi holatlarida yuzaga keladi. Mahalliy I. ko’pincha tananing ma’lum bir qismidagi venalar (darvoza, son venala- ri va b.)ning qisilishi natijasida pay- do bo’ladi. I.da organizmda moddalar al- mashinuvining barcha turi izdan chiqadi, bu distrofiya, hatto to’qimalarning iri- shiga olib keladi. Davosi. Asosiy kasallik bartaraf qilinadi. Suyuklik ko’p yig’ilganda XI- rurgik davo qo’llaniladi.