Itchilik

Itchilik — it zotlarini boqish va ko’paytirish; xo’jalik tarmog’i. Xizmat (yaylov, qorovul, ulov, chegara, qidi-ruv va b. xizmatlar), ov (sport va mo’ynali xayvonlarni ovlash); havaskorlik I.ga bo’linadi. Foydalanishga qarab, itlar simto’rli volerlarda, yog’och uychalarda bo’sh qo’yib yoki bog’lab, xonadonlarda hovlida yoki uy ichida bog’lamay yoki bog’lab boqiladi. Itlar uchun asosiy ozuqalar: go’sht, toza- langan baliq, non, sabzavotlar, yormalar. Itga beriladigan ozuqa yarim suyuq bo’tqa bo’lib, go’sht, sabzavotlar, yormalardan pi- shiriladi. Shuningdek, xom go’sht, qiltanoq va tangachalardan tozalangan baliq, baliq moyi, suyak, suyak uni beriladi. Katta yoshdagi yirik itning sutkalik rasio- ni: 400-500 g go’sht mahsulotlari yoki baliq, 300-400 g yorma, 200-300 g sab- zavot, 10-12 g osh tuzi; urg’ochi itlarga bo’g’ozlik va kuchuklarni emizish davrla- rida qo’shimcha 150-200 g xom go’sht, 1 l gacha sut va 30 g baliq moyi beriladi. Kuchuk bolalar 12-14 kunlikdan bosh- lab sigir suti b-n qo’shimcha boqiladi (agar kuchuklar soni 8 tadan ko’p bo’lsa qo’shimcha ovqatlantirish 6— 7-kunligi- dan boshlanadi). Asta-sekin suyuq bo’tqa (30-40° gacha sovutib), suvda ivitilgan non, xom qiyma qo’shimcha ozuqaga qo’shib beriladi. 25-kunligidan boshlab go’shtli bo’tqalar, maydalangan sabzi, xom go’sht qiyma berish mumkin. 6 oylikkacha kuni- ga 4-6 marta, 12 oylikkacha 3 marta, kat- ta yoshdagilarga 2 marta ovqat beriladi. O’zbekistonda I. uzok, tarixga ega. Qadimdan bu hududda yashagan chorvador qabilalar cho’pon itlarining eng yaxshi namunalarini saralash va ko’paytirish b-n mahalliy bo’ribosar, o’rta Osiyo ov- charkalari zotlarini yaratganlar. Ay- Rim podshohlar va amirlar saroylarida ovchi itlar zotlarini boqib parvarish- laydigan maxsus itboqarlar bo’lgan. Shaharqishloqlarda havaskorlar urish- tirish uchun urishqoq itlarni boqish va musobaqalar o’tkazish b-n shug’ullangan. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin O’zbekistonda harbiy (xizmat), ov, dekorativ (tomosha) itla- ri boqish va ko’paytirish boshlandi. 1908 y.da Toshkentda ovchilar jamiyati va uning huzurida ov I. klubi tashkil etildi. 1911 y.da Toshkentda ov itlari ko’rgazmasi o’tka-zildi. Ko’rgazmada 60 ga yaqin itlar, shu jumladan, pointerlar, ingliz va shotland setterlari namoyish qilindi. 1927 y.dan O’zbekiston ov itlari sha- jara daftari joriy qilindi (bu daf- tarni 40 y. davomida havaskor ki-nolog- itshunos K.P. Popovich yuritib keldi). 1937 y. Toshkent sh.da Butunit-tifoq armiya, aviasiya va flotga ko’maklashuvchi ko’ngilli jamiyatning (DOSAAF) O’zbekiston bo’limi huzurida xizmat it- lari klubi tashkil qilindi, shu yili xizmat it zotlari ko’rgazmasida 100 dan ortiq nemis ovcharkalari namoyish qilindi va shu yildan boshlab xizmat itlari shajara daftari yuritiladi. O’zbekistonda xizmat I.ni rivojlanti- rishda V. F. Shamraev, V. Gubanov, F. N. Sherman, V. F. Guba, N. P. Jmilev, O. V. Rud-yuk, R. N. Ganiev va b.ning xizmati katta. Ov I. sohasida O’zbekiston ovchilar va baliq ovchilari uyushmasi huzurida kinologiya kengashi faoliyat ko’rsatadi. 1973 i. da tashkil etilgan Toshkent de- korativ I. havaskorlari jamiyati 1990 y.dan Toshkent itsevarlar jami-yatiga aylantirildi. 1991 y.dan Toshkent xiz- mat I. klubi O’zbekiston Res-publikasi mudofaasiga ko’maklashuvchi tashkilotlar «Vatanparvar» Markaziy Kengashining respublika xizmat I. klubiga aylanti- rildi. 1992 y. may oy-ida yirik jamoat tashkiloti bo’lgan O’zbekiston kinologiya federasiyasi tashkil topdi. Xizmat I. sohasida O’zbekiston Res- publikasi Davlat bojxona qo’mitasining Milliy kinologiya markazi, Milliy xavfsizlik xizmatining na-slchilik pitomnigi, O’zR Mudofaa va-zirligi xizmat itchiligi naslchilik pitomnigi, Toshkent sh. Ichki ishlar bosh boshkar- masining naslchilik pitomnigi ishlay- Di. Bu tashkilotlar I.ka oid naslchilik ishlarini olib boradi, itlarni ama- liy maqsadlarda foydalanish ishlariga tayyorlaydi. Itlarning yangi zotlarini etishtiradi, ularni sinovdan o’tkazadi, ko’rgazmalar tashkil qiladi, itlarni o’rgatish, mashq qilish st-yalari va may- donchalari tashkil etadi. Har yili kuz faslida Toshkent, Angren, Chirchiq, O’rganch, Zarafshon, Farg’ona va b. shaharlarda barcha it zotla- rining ko’rgazmatanlovlari o’tkaziladi (yana q. Kinologiya). Rashid Ganiev.