ITJUMRUT

ITJUMRUT (Rhamnus) — Chilon- jiydadoshlar (jumrutdoshlar) oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumi. Bo’yi 3,5 metrcha. Barglari tuxumsimon, o’tkir uchli, bandli, cheti tishli, qaramaqarshi o’rnashgan. Gullari mayda, mevasi rezavor. 150 dan ortiq turi ma’lum. O’zbekistonda 4 turi o’sadi. Shundan surgi Itjumrut yoki tog’jumrut keng tarqalgan. Mevasining tarkibida antra-glikozidlar, flavonoidlar, qand, bo’yoq va boshqa moddalar bor. Mevasining qaynatmasi, damlamasi surgi dori sifatida ishlatiladi.