Ixvon as-safo
Ixvon as-safo (Arab. — sof biro-darlar) — 10-a.da yaqin va O’rta Sharqda paydo bo’lgan falsafiy maktab. Ta-niqli namoyandalari: Abu Sulaymon al-Bustiy, Abdul Hasan alzanjoniy, Abu Ahmad almirajoniy, Zayd ibn Rifo. Qolganlari o’z nomlarini yashirgan. I. as-S.ning maqsadi xalqo’rtasida falsa- fiy va tabiiy-ilmiy bilimlarni yoyish edi. Shu maqsadda 51 risola yozilgan bo’lib, «sof birodarlar tuhfasi» (bom- bay, 1882) va «sof birodarlar nomasi» nomlari b-n mashhur. Bu noma 4 bo’limga: mat., tabiiyot, psixologiya, ilohiyot va fikd fanlariga bo’linadi. Mazkur ri- Solalar falsafiy va tabiiy-ilmiy bi- limlar qomusi vazifasini o’tagan. Ular- ning falsafasi qorishiqtusda bo’lib, yunon falsafasiga ilohiyot va sufiylik belgilari aralashtirilgan edi. Bu fay- lasuflar mantiqsa Aristotel, olam tu-zilishi masalalarida Ptolemey, an- tropologiya va tibbiyotda Galen ta’siri- da bo’lganlar. Ularning ta’limoti 16-a. oxiriga kelib, mustaqil yo’nalish sifa- tida yo’qolib ketdi.