JABBOROV AHMAD HAMIDOVICH

JABBOROV AHMAD HAMIDOVICH (1925.8.8, Namangan) — musiqashunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1990), professor (1994). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1960). 2-jahon urushi qatnashchisi (1943-45). Musiqa o’quv yurti (1950— 54), Toshkent konservatoriyasi (1959— 74) da o’qituvchi, Toshkent madaniyat institutida dotsent, kafedra mudiri (1974— 87), O’zbekiston konservatoriyasida professor (1994 yildan). Ayni paytda, O’zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi (1965-75 va 1987-92), O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining san’at bosh boshqarmasi boshlig’i (1975-85). Ilmiy ishlari o’zbek musiqali teatri, o’zbek bastakor va kompozitorlarining ijodi masalalariga bag’ishlangan. O’zbek va rus tillarida «O’zbekiston bastakorlari «a musiqashunoslari» (T., 1975; T., 2004) to’plamlari muallifi. Bir pecha ilmiy anjumanlar (Moskva, 1971; Tunis, 1972; Olmaota, 1973; Samarqand, 1978, 1983, 1987 va boshqalar) ishtirokchisi. «El-yurt hurmati» ordeni (1999), «jasorat» medali (1995) bilan mukofotlangan. As: Manas Leviep, T., 1986; musiqali drama na komediya janrlari O’zbekiston kompozitorlarining ijodida, T.. 2000.