Jizzax – mashhur kishilar maskani

Hamroqul Nosirov (1904-1978). 1904 yil 4 yanvarda Jizzax shahrida tavallud topgan. U mehnat faoliyatini 1927 yildan dehqonchilik bilan boshlagan. 1934 yilgacha oddiy kolxozchi bo’lib ishladi.

1934-1944 yillarda jamoa xo’jaligida ferma mudiri bo’lib ishlab, chorva mollari tuyog’ini ko’paytirish, zotdorligini yaxshilash evaziga mahsuldorligini oshirishga munosib hissa qo’shdi.

1944 yili jamoa xo’jaligida chorvachilikni rivojlantirishdagi xizmatlari hamda tashkilotchilik qobiliyati hisobga olinib, jamoa xo’jaligi boshqaruvi raisi etib saylandi. U umrining oxiri – 1978 yilning noyabriga qadar jamoa xo’jaliggini yirik mexanizatsiyalashgan, iqtisodi mustahkam xo’jalikka aylantirish yo’lida hormay-tolmay mehnat qildi. Natijada bu xo’jalik faqat viloyatda emas, balki respublikada ham paxta yetishtiruvchi yirik yetakchi xo’jaliklardan biriga aylandi. Hamroqul Nosirov jamoa xo’jaligiga raislik qilgan yillari keng ko’lamda obodonchilik yumushlari olib borildi. Jumladan, yangi maktab, kasalxona, klub, uy-joy va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish binolari qurildi. H.Olimjon nomidagi muzeyi, xo’jalikning “Shon-shuhrat” muzeyi qad ko’tardi. Qishloqlar gazlashtirildi, elektrlashtirildi, radio va telefon tarmoqlari yuzaga keldi. Jamoa xo’jaligi a’zolariga to’lanadigan mehnat haqlari ko’payib, turmush sharoitlari yaxshilanib farovon hayot kechira boshladilar. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish tashkilotchisi, oliy darajadagi dehqonchilik amaliyoti novatori Hamroqul Nosirov ikki marta “Mehnat Qahramoni” unvoniga, (1956-1978), “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan paxtakor” (1966) faxriy unvoniga, ko’plab orden va medallarga sazovor bo’ldi. O’zbekiston Oliy Soveti deputati sifatida xalqning turmush farovonligini yaxshilashga munosib hissa qo’shdi. Ko’p yillar xizmat qilgan xo’jalik markazida Hamroqul Nosirov byusti o’rnatilgan.

OLIMJON AZIMOV (Urush va mehnat faxriysi), (1919-1992), 1919 yili Jizzax tumanidagi “Qatortol” mahallasida dehqon oilasida tavallud topgan. 1937-1938 yillari Samarqand shahridagi maktabda, 1939-1940 yillari Samarqand pedagogika institutining tarix fakultetida tahsil oladi. O.Azimov 1940-1943 yillari Ikkinchi jahon urushida qatnashib, og’ir yarador bo’lib qaytgach, Farg’ona pedagogika instituti tabiiyot va geografiya fakultetida o’qishni davom ettiradi.

U institutni tugallagach, O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti raisi yordamchisi (1944-1945) lavozimida xizmat qildi. Ishbilarmon, tajribali xodim O.Azimov Jizzax tuman Ijroiya qo’mitasi raisi (1948-1950) lavozimida ishlab, o’zini tashabbuskor rahbar sifatida ko’rsatdi.

U Qoradaryo tuman partiya qo’mitasi (1950-1955), Pastdarg’om tuman (1955-1959) partiya qo’mitalari birinchi kotibi lavozimlarida samarali mehnat qildi.

U Samarqand viloyat partiya qo’mitasi kotibi (1959-1961), Samarqand viloyat don tayyorlash boshqarmasi boshlig’i (1961-1965), Samarqand viloyat Ijroiya qo’mitasi raisi, Samarqand shahar Ijroiya qo’mitasi raisi lavozimlarida (1966-1972) mehnat qilib, qishloq xo’jaligi, sanoat taraqqiyoti, xalq ta’limi, madaniyat rivojiga o’zining munosib hissasini qo’shdi.

Olimjon Azimov ishlab chiqarishdan ajralmagan holda Samarqanddagi Arxeologiya instituti aspiranturasida sirtdan o’qib, tarix fanlari nomzodi bo’ldi, qator monografiya, risola, ilmiy maqolalarni e’lon qildi. U 1972 yildan to umrining oxirigacha Samarqand davlat universitetida professor lavozimida ishlab, tarix fanidan talablarga saboq berdi.

Katta salohiyatga ega bo’lgan Olimjon Azimov O’zbekiston Oliy Soveti, viloyat, tuman sovetlari deputatligiga saylangan edi. Olimjon Azimov samarali mehnatlari uchun 3 ta orden va medallar, O’zbekiston Oliy Sovetining Faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan edi.

Bugungi kunda Jizzax shahar ko’chalaridan biri Olimjon Azimov nomi bilan atalmoqda.

SINDOR HAMROQULOV 1922 yilda Jizzaxning “Sovungarlik” mahallasida dehqon oilasida tavallud topdi. Hozirgi Sh.Rashidov nomli maktabi tugallagach, Hamid Olimjon nomli Jizzax pedagogika bilim yurtida o’qishni davo ettirdi. 1940 yilda bilim yurtini tugallab, maktabda o’qituvchilik qildi. II Jahon urushida qatnashib, fashistlarga qarshi mardonavor jang qildi. Urushdan g’oliblar safida qaytib kelgach, yana sevimli kasbi – o’qituvchilikka qaytdi.

S.Hamroqulov 1947 yilda tuman yoshlar qo’mitasida yo’riqchi bo’lib ishlab, talabchan xodim sifatida o’zini ko’rsatdi. 1950 yili Oliy partiya maktabini tugallagach, Jizzax shahar Ijroiya qo’mitasi raisligiga saylanib, shahar madaniyat va obodonchiligiga munosib hissa qo’shdi. 1951-1962 yillarda Jizzax shahar partiya qo’mitasining ikkinchi kotibi, Baxmal, Payariq tuman partiya qo’mitasining birinchi kotibi lavozimlarida mehnat qildi. 1962 yilda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Ijroiya qo’mitasi raisining birinchi muovinligiga, so’ngra raisligiga saylanib, salkam 20 yil mobaynida ko’plab sanoat korxonalari qurilishiga o’zining munosib hissasini qo’shdi.

Butun umrini xalq xizmatiga baxshida etgan Sindor Hamroqulov ordenlar va ko’plab medallar bilan taqdirlangan edi.

Hozirgi paytda Samarqand va Jizzax shahridagi ko’chalardan biri Sindor Hamroqulov nomi bilan atalmoqda.

ABDULLA MELIYEV (1928-2001). 1928 yil 21 mayda Jizzaxda tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1949-1950 yillarda o’zi o’qigan 8-umumta’lim maktabida o’qituvchilikdan boshlagan. 1950-1955 yillarda Jizzax tuman Komsomol qo’mitasining ikkinchi, so’ngra birinchi kotibligiga saylanib, tadbirkor rahbar sifatida tanildi. 1955-1959 yillarda Samarqand viloyat komsomol qo’mitasining birinchi kotibligiga saylanib, viloyat partiya qo’mitai nazariga tushdi. 1965 yilgacha viloyat partiya qo’mitasi targ’ibot va tashviqot bo’limi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatdi.

Ma’lum darajada malaka va tajriba to’plagan A.Meliyev 1965-1985 yillarda Bulung’ur, Kattaqo’rg’on tuman partiya qo’mitalarida birinchi kotiblik lavozimlarida mehnat qilib, qishloq xo’jaligi, sanoat, xalq ta’limi, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish, madaniy ishlar taraqqiyotiga munosib hissa qo’shadi.

Abdulla Meliyev 1986-1992 yillarda Samarqand viloyat Diniy ishlar boshqarmasi raisi, 1992 yildan to umrining oxirigacha Samarqand viloyat “Mahalla” xayriya jamg’armasining raisi lavozimida barakali mehnat qildi.

Abdulla Meliyev bir necha bor sobiq Ittifoq va O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiumining deputatligiga, viloyat va tumanlar deputatligiga saylangan edi. U “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan mehnat xodimi” unvoni, orden, ko’plab medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Respublika ahamiyatiga molik pensioner edi. Jizzax shahridagi ko’chalardan biri Abdulla Meliyev nomi bilan atalmoqda.

MUHIDDIN ESHONQULOV (1927-1990). 1927 yil iyul oyida Jizzax shahrining “Havaslik” mahallasida tavallud topdi. Mehnat faoliyatini Jizzax shahridagi 1-MTSda traktorchilik qilish bilan boshlab, keyinchalik mexanizatorlar tayyorlash kursini tamomladi. U 1952-53-yillarda Samarqand qishloq xo’jaligi institutining o’simliklarni himoya qilish kursini tugatib, butun umrini qishloq xo’jaligi taraqqiyotiga bag’ishladi.

Muhiddin Eshonqulov 1952-55 yillarda “Moskva” jamoa xo’jaligida bosh agronom, 1966-1967 yillarda Jizzax tuman qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig’i lavozimlarida ishlab, xalq xo’jaligi taraqqiyotiga o’zining munosib hissasini qo’shdi. 1967 yilda Samarqand qishloq xo’jaligi institutining agronomic fakultetini tugatib, agronom diplomini oldi. “Moskva” jamoa xo’jaligi boshqaruvi raisining muovini bo’lib ishlab, xo’jalik taraqqiyotiga, zamonaviy maktablar, bolalar bog’chalari qurilishiga, qishloqlarda obodonchilik ishlarini amalga oshirishga munosib hissa qo’shdi. 1982-1984 yillarda jamoa xo’jaligi boshqaruvi raisi etib saylanib, umrining oxirigacha paxtachilik, g’allachilik, bog’dorchilik, jamoa chorvachiligi taraqqiyoti uchun kurashdi.

Muhiddin Eshonqulov uzoq yillik samarali mehnatlari uchun ordenlar, ko’plab medallar, O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan edi.

ARSLON KARIMOV (1931-1989). Arslon Abdug’aniyevich Karimov 1931 yil 6 avgustda Samarqand shahrining Siyob tumanida Abdug’ani bobo oilasida tavallud topdi. A.Karimov Samarqand shahridagi o’rta maktabni tugallagach, Toshkent huquqshunoslik institutiga o’qishga kirib, 1956 yili institutni a’lo baholarga tamomladi. Arslon Karimov Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi yo’llanmasi bilan Nurota tuman sudi sudyaligiga saylanib, 1960 yilgacha faoliyat ko’rsatadi.

U 1970-1974 yillari Jizzax tumani, shahar sudyasi bo’lib xizmat qiladi. Uzoq yillar mobaynida sudya lavozimida ishlab, tajriba to’plab, Arslon Karimov Jizzax viloyat adliya (1974-1976) boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, viloyat sudining jinoyat ishlarib bo’yicha muovini (1976-1980) lavozimlarida xizmat qildi. U viloyat aholisi o’rtasida tajribali huquqshunos sifatida tanildi. Arslon Karimov 1980 yili yana Jizzax shahar sudyaligiga saylanib, 1989 yilgacha ushbu lavozimda faoliyat ko’rsatdi. Arslon Karimov Jizzax shahar Soveti deputati sifatida shaharning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol qatnashadi, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida xalq orasida huquq-targ’ibot ishlaridagi xizmati uchun el-yurt hurmatiga sazovor bo’lgan edi. U O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining va Jizzax viloyati hamda shahar Sovetining bir qator faxriy yorliqlari va “Mehnat faxriysi” medali bilan taqdirlangan edi.

Arslon Abdug’aniyevich Karimov 1989 yil 7 iyul kuni xizmat burchini bajarayotgan paytda avtohalokat tufayli fojiali halok bo’ldi. Hozirgi kunda Qarshi shahridagi huquqshunoslik kolleji Arslon Karimov nomi bilan atalmoqda.

MUROD ERGASHEV – 1924 yil 15 sentabrda Oxunboboyev nomli qishloq fuqarolar yig’ini hududida dehqon oilasida tug’ildi. 1942 yili Narimonov nomli maktabni tugallagach, 1951 yilgacha jamoa xo’jaligida kolxozchi, tabelchi, MTSda mexanik bo’lib ishladi.

1951-1954 yillarda 1-MTS agronom, 1954-1958 yillarda Jizzax tumanidagi Ulug’bek nomli jamoa xo’jaligida boshqaruv raisi, 1961-1967 yillarda Samarqand qishloq xo’jaligi institutining agronomic fakultetida sirtdan o’qish bilan birga sobiq “Moskva” jamoa xo’jaligida bosh agronom lavozimida ishlab, paxtachilik, g’allachilik, bog’dorchilik taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi. U umrining oxirigacha “Jizzaxlik” mahallasida jamoat ishlarida faol qatnashdi.

U bir necha bor tuman, qishloq Soveti deputatligiga saylangan, samarali mehnatlari evaziga ordenlar, “Mehnat faxriysi” va boshqa ko’plab medallar, faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan edi.

G’ANI DAMINOV (1914-1991). 1914 yil 25 dekabrda Jizzax tumanida dehqon oilasida tavallud topgan. 1930 yilda Jizzax shahridagi hozirgi Sh.Rashidov nomli maktabni, 1937 yilda H.Olimjon nomli Jizzax pedagogika bilim yurtini, 1941 yilda Samarqand davlat universitetini tugalladi. So’ngra Toshkent viloyatiga qarashli Mirzacho’l tumanidagi 1-son o’rta maktabda o’qituvchi, director bo’lib mehnat qildi. 1944-1949 yillarda Jizzax tumanidagi hozirgi Shukur Sa’dulla nomli maktabga, Jizzax pedagogika bilim yurtiga rahbarlik qilib, o’zini ishcha xodim sifatida ko’rsatdi.

G’ani Daminov 1949-1957 yillarda Jizzax tuman partiya qo’mitasi targ’ibot-tashviqot ishlar bo’limi mudiri, partiya qo’mitasi kotibi, tuman ijroiya qo’mitasining raisi, xalq ta’limi bo’limi mudiri lavozimlarida mehnat qildi. 1957-1973 yillarda shahardagi maktab-internat, so’ngra 1990 yilgacha hunar-texnika bilim yurti industrial texnikumga aylantirilgach, umrining oxirigacha unda rahbarlik qildi. Texnikumning uch qavatli zamonaviy binosi G’.Daminovning bevosita rahbarligida qurilib, ishga tushirildi.

Jonkuyar murabbiy, mohir tashkilotchi G’ani Daminovning xizmatlari “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq maorifi xodimi” unvoni, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Shahardagi transport aloqa kolleji bugungi kunda G’ani Daminov nomi bilan atalmoqda.

TEMUR BOBOYEV (1920-1996). 1920 yil 10 iyunda Jizzax tumanidagi “Havaskorlik” mahallasida dehqon oilasida tavallud topgan. O’rta maktabni tugallagach, ish faoliyatini 1940 yilda G’allaorol tumanidagi maktabda o’qituvchilik qilish bilan boshladi. 1941-1944 yillarda fashistlarga qarshi janglarda qatnashib, og’ir jarohatlandi va nogiron bo’lib urushdan qaytdi. Oxunboboyev nomli jamoa xo’jaligida hosilot, bo’lim boshlig’i (1946-1950), Jizzax tumanidagi hozirgi O’.Hotamov nomli jamoa xo’jaligida rais, tuman Qishloq xo’jaligi bo’limida agronom (1951-1956) lavozimlarida ishlab, Samarqand qishloq xo’jaligi institutining agronomlik fakultetida sirtdan tahsil oldi. Tajribali qishloq xo’jaligi xodimi T.Boboyev “Zarbdor”, “Paxtakor” davlat xo’jaliklarida director (1963-1970), Jizzax tuman Qishloq xo’jaligi boshqarmasida bosh agronom, viloyat Qishloq xo’jaligi boshqarmasida “O’simlikshunoslik” bo’limi boshlig’i lavozimlarida mehnat qildi.

Temur Boboyev qayerda ishlamasin, to’g’ri so’zli, o’z ishini vijdonan bajaradigan fidokor inson sifatida tanilgan edi. U ordenlar va qator medallar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan edi.

Oxunboboyev fuqarolar yig’ini hududidagi ko’chalardan biri Temur Boboyev nomi bilan yuritilmoqda.

ISMOIL ESANOV (1926-1964). 1926 yilda Jizzax tumanidagi “Oxunboboyev” mahallasida dehqon oilasida tavallud topgan. 1944 yilda hozirgi Shukur Sa’dulla nomli umumta’lim maktabini tamomladi.

Ismoil Esanovga maktabda 10-sinfda o’qib yurgan chog’laridayoq shahar Ichki ishlar bo’limiga yo’llanma beriladi, ish faoliyatini ichki ishlar bo’limida ish yurituvchi lavozimida ishlash bilan boshlaydi. 1944 yilda 10-sinfi tugatgach, hozirgi “Madaniyat” mahallasiga oddiy militsioner, uchastka noziri yordamchisi lavozimiga ishga tayinlanadi. Bu lavozimda ham sidqidilan mehnat qilib, mahalla aholisining tinchligini saqlasha hurmat qozonadi.

Shahar Ichki ishlar bo’limi bilmga ishtiyoqi zo’r I.Esanovga 1947 yilda Toshkent shahridagi uch yillik huquqshunoslik institutiga o’qishga yo’llanma beradi. 1950 yilda huquqshunoslik institutiga o’qishga yo’llanma beradi. 1950 yilda huquqshunoslik institutini muvaffaqiyatli tugatgach, 1964 yilgacha shahar Ichki ishlar bo’limining jinoyat qidiruv bo’limida jangovar xodim, bo’lim boshlig’i muovini, shahar Ichki ishlar bo’limi boshlig’i lavozimlarida xizmat qiladi, o’zini ishchan xodim sifatida ko’rsatadi va militsiya leytenanti, katta leytenant, kapitan va mayyor unvonlarini olishga muvaffaq bo’ladi.

Qator orden va medallar bilan taqdirlangan Ismoil Esanov 1963-1964 yillarda shahar Ichki ishlar bo’limini boshqarib, jinoyatchilarning oldini olish va shahar aholisi osoyishtaligini saqlashga bosh-qosh bo’ldi. U 1964 yili iyul oyida Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga xizmat safariga borishda avtomashina halokati tufayli hayotdan ko’z yumadi.

ALI ALIMOV (1937-2003) 1937 yili 5 mayda Jizzax tumanidagi “Toshkentlik” mahallasida ishchi oilasida tavallud topdi. 1954 yili o’rta maktabni tugatib, 1970 yilgacha Navoiy nomli kolxozda tabelchi, brigada boshlig’i bo’lib faoliyat ko’rsatdi.

1964-1970 yillarda Samarqand qishloq xo’jaligi institutining agronomlik fakultetini, Toshkent Oliy partiya maktabini tugatadi.

1970 yildan 1975 yilgacha Navoiy nomli jamoa xo’jaligida bosh agronom, Z.M.Bobur nomli jamoa xo’jaligi boshqaruvi raisi, Jizzax tuman soveti Ijroiya qo’mitasining raisi, 1985-1986 yillarda “Samarqandquduq” davlat xo’jaligi direktori, tuman Qishloq xo’jaligi bo’limi boshlig’ining birinchi muovini lavozimlarida xizmat qildi.

1986 yildan umrining oxiri – 2003 yilgacha “Jizzax-turist” mintaqaviy bo’linmasi boshlig’i, “Jizzaxasayohat” hissadorlik jamiyati raisi lavozimlarida ishlab, “Jizzaxsayohat” taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.

Ali Alimov katta xizmatlari uchun “Respublikada xizmat ko’rsatgan qishloq xo’jaligi xodimi” unvoni, “Hurmat belgisi”, ikki marta “Mehnat qizil bayroq” ordenlari va ko’plab medallar bilan taqdirlangan edi.

OLIMJON TELMANOVICH JAVLONOV (1956-2003) 1956 yil 30 yanvarda Forish tumanida ziyoli oilasida tavallud topdi. Samarqand davlat universitetini tugallagandan so’ng dastlabki faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutida boshladi. Jizzax viloyatiga kelib, dastavval yoshlar tashkilotida (1978-1984), so’ngra (1984-1989) shahar, viloyat partiya qo’mitalarida faoliyat ko’rsatdi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ilmiy ishlarini davom ettirib, tarix fanlari nomzodi degan ilmiy darajaga erishdi.

Olimjon Javlonov o’zining so’nggi o’n bir yillik ish faoliyatida viloyat hokimligining umumiy bo’lim mudiri, kotibiyat boshlig’i, tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari bo’yicha guruh rahbari sifatida faoliyat ko’rsatdi. 1998 yil mart oyidan umrining oxirigacha viloyat hokimligining ijtimoiy masalalar bo’yicha hokim o’rinbosari bo’lib ishlab, viloyat rahbariyatigagina emas, balki viloyatning barcha aholisiga mehnatsevar, bilimdon va ishchan xodim, ayni paytda qo’l ostidagilarga, barcha kishilarga g’amxo’r va kamtar rahbar sifatida tanildi, Olimjon Javlonov turmushda ham madaniy qiyofasiga havas qilsa arziydigan ajoyib inson edi.

MUROD HOSHIMOVICH QOSIMOV (1941-2002) 1941 yil 9 mayda Jizzax tumanida tavallud topdi. 1958 yilda o’rta maktabni tugallagach, Toshkent shahridagi savdo xodimlari tayyorlash kursida tahsil oldi va Jizzax tuman “Matlubotsavdo” jamiyatiga qarashli do’konda sotuvchi bo’lib ishladi. 1964-1967 yillarda ishdan ajramagan holda Toshkent kooperativ texnikumini tugallab, tuman “Matlubotsavdo” jamiyatida ombor mudiri bo’lib xizmat qildi. 1974 yilda Samarqand kooperativ institutini sirtdan o’qib tamomladi va Jizzax viloyat Ko’tarasavdo bazasida rahbar muovini, 1977 yilda uning direktori lavozimiga ishga tayinlandi. 1984 yildan boshlab Jizzax viloyat “Matlubotsavdo” uyushmasi boshqaruvi raisining o’rinbosari bo’lib xizmat qildi.

Tajribali savdo xodimi Murod Qosimov 1985 yili Jizzax tuman “Matlubotsavdo” jamiyati boshqaruvi raisi lavozimiga saylanib, uzluksiz o’n to’rt yil bu lavozimda faoliyat ko’rsatadi. 1998 yildan umrining oxiri – 2002 yil 8 oktabrgacha tuman “Matlubotsavdo” hissadorlik jamiyati, Sh.Rashidov nomli “Matlubotsavdo” aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimlarida mehnat qildi. Viloyat, tuman savdosi taraqqiyoti, moddiy texnika bazasini mustahkamlashga munosib hissa qo’shdi.

Murod Qosimovning savdo xizmati ko’rsatishdagi samarali mehnatlari munosib taqdirlangan. U orden, O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi, “O’zbekbirlashuv” faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan edi.

MUROD MELIYEV (1939-2000) 1939 yil 5 yanvarda Jizzax shahridagi “Ko’nchilik” mahallasida tug’ildi. 1956 yili Narimonov (hozirgi Sh.Rashidov) nomli maktabni tugatgach, Samarqand qishloq xo’jaligi institutining veterenariya fakultetida o’qishni davom ettirdi. 1961 yildan Jizzax tuman veterinariya shifoxonasida fakultetida o’qishni davom ettirdi. 1961 yildan Jizzax tuman veterinariya shifoxonasida veterinary vrachi lavozimida faoliyat ko’rsatib, bilimdon, tadbirkor, ishchan xodim sifatida o’zini ko’rsatdi. 1963 yili Boyovut tuman veterinariya shifoxonasi bosh veterinary vrachi etib tayinlandi.

Sirdaryo viloyati rahbariyati Murod Meliyevni viloyat veterinariya bo’limiga boshliq, 1972 yilda esa viloyat Qishloq xo’jaligi boshqarmasi boshlig’ining birinchi muovini etib ishga tayinladi.

1974 yilda Jizzax viloyat tashkil topishi munosabati bilan Murod Meliyev bu yerga kelib, 1978 yilga qadar viloyat Qishloq xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishladi. 1978 yilda Jizzax tuman partiya qo’mitasiga birinchi kotib etib saylanib, qishloq xo’jaligi rivojiga, tuman markazida tibbiyot, maktab, bolalar bog’chasi, ma’muriy binolari qurilishiga bosh-qosh bo’ldi. Viloyat veterinariya bo’limi boshlig’i lavozimida ham barakali mehnat qildi. 1996 yildan nafaqaga chiqqunga qadar shahardagi “Ko’k bozor” veterinariya laboratoriyasida boshliq bo’lib ishladi. U viloyatda jamoa chorvachiligi rivojiga qo’shgan munosib xizmatlari uchun hukumatimizning qator orden va medallari bilan taqdirlangan edi.

YO’LDOSH HAYDAROV (1924-2000) 1924 yil 20 fevralda Forish tumanidagi “Jayraxona” qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi. Osmonsoy qishlog’idagi maktabda o’qishni tugallagach, mehnat faoliyatini 1941-1942 yillarda tuman Yer ishlari bo’limining agrotexnigi lavozimida ishlash bilan boshladi. 1942 yili Qurolli Kuchlar safiga chaqirilib, fashistlar bilan bo’lgan janglarda bir necha bor og’ir yaralandi va 1947 yili harbiy xizmatdan bo’shatildi.

Yo’ldosh Haydarov urushdan keyingi 1947-1953 yillarda Forish tuman ijroiya qo’mitasining harbiy hisobot bo’limi instruktori, tuman partiya qo’mitasining yo’riqchisi, bo’lim boshlig’i lavozimlarida faoliya ko’rsatadi. 1953-1955 yillarda Forish tuman partiya qo’mitasining ikkinchi kotibi, 1955-1957 yillarda Qo’shrabod tuman partiya qo’mitasining birinchi kotibi, 1957-1959 yillarda Payariq tuman partiya qo’mitasining ikkinchi kotibi lavozimlarida mehnat qilib, qishloq xo’jaligi, madaniyat, tibbiyot, xalq ta’limi rivojiga munosib hissa qo’shdi.

Y.Haydarov 1961-1986 yillarda tumanlararo qishloq xo’jaligi mahsulotlari tayyorlash va sifat ko’rsatkichi bo’yicha davlat inspektori, “O’zbekiston” jamoa xo’jaligi boshqaruvi raisi, 1986 yildan nafaqaga chiqqunga qadar Jizzax viloyat bo’rdoqichilik bazasi rahbari, viloyat pillachilik boshqarmasida agronom-pillakash lavozimlarida mehnat qildi. U, Vatanimiz oldidagi xizmatlari evaziga orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

XIDIR PIRNAZAROV (1914-1974) 1914 yilda Jizzax shahridagi “Qaliya” mahallasida o’rtahol dehqon oilasida tavallud topdi. Samarqand shahridagi ishchilar fakultetida (Rabfak) ta’lim olgach, maktablarda o’qituvchi bo’lib ishladi. Ikkinchi jahon urushida qo’liga qurol olib, Vatan himoyasiga otlandi. 1941-1946 yillarda uzoq Sharq frontida Manchjuriyani Yapon militaristlaridan ozod qilishda qatnashdi. Olovli urush yillari janglarda ko’rsatgan jasoratlari evaziga “Yaponiya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” medali bilan taqdirlandi.

X.Pirnazarov urushdan qaytgach, tuman Xalq ta’limi bo’limining “Qaliya” mahallasidagi 19-umumta’lim maktabida director va o’qituvchi bo’lib ishladi. Zomin MTSi direktorining siyosiy ishlar bo’yicha o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatdi. So’ngra yana o’zi mehr qo’ygan yumush – yoshlar tarbiyasi bilan shug’ullandi. 1963 yildan umrining oxiri – 1974 yilga qadar Jizzax tumanidagi Hamza nomli maktabda pedagogik jamoaga rahbarlik qilib, o’quvchilarga tarix fanidan saboq berdi.

ISMOIL QURBONOV (1911-2002) 1911 yilda Jizzax tumanidagi dehqon oilasida tug’ildi. Boshlang’ich ta’limni Jizzax shahridagi 1-bolalar internatida oldi. 1928-1932 yillari Kattaqo’rg’on pedagogika bilim yurtida o’qidi. So’ngra 1937 yilgacha Jizzax tuman Xalq ta’limi bo’limida yo’riqchi, 1937-1941 yillarda Jizzax shahar va tuman Xalq ta’limi bo’limlari mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatdi. 1941-1949 yillarda Zomin tuman partiya qo’mitasida bo’lim mudiri, partiya qo’mitasining ikkinchi kotibi bo’lib ishladi. 1949-1957 yillarda Jizzax shahar va tuman Xalq maorifi bo’limi mudiri, 1957 yildan 4-umumta’lim maktabida o’qituvchi va director lavozimlarida mehnat qildi.

Ismoil Qurbonovning samarali mehnatlari munosib taqdirlangan. U “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi” faxriy unvoni, “Hurmat belgisi” va “Mehnat shuhrati” ordenlari, “Shavkatli mehnati uchun” va “Mehnat veterani” medallariga sazovor bo’lgan edi. “Xalq maorifi a’lochisi” ko’krak nishoni va ko’plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Respublika ahamiyatiga molik inson edi.

NORMUHAMMAD NURMUHAMMEDOV (1940-2003) 1940 yil 3 iyulda Forish tumanidagi “Balandosmon” qishlog’ida tug’ildi. 1964 yilda Samarqand kooperativ texnikumini tugatgach, Forish tumani “Matlubotsavdo” jamiyati uyushmalari bosh hisobchisining o’rinbosari, keyin “Forish” ishchilar kooperatsiyasida bosh hisobchi bo’lib ishladi. 1974 yilda Samarqand kooperativ institutini tamomlab, 1977-1980 yillarda Jizzax viloyat “Matlubotsavdo” jamiyati uyushmasining hisob-kitob boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishladi. 1987 yildan 1998 yilgacha Jizzax viloyati “Matlubotsavdo” jamiyati uyushmalari boshqaruvi raisining moliya-iqtisod ishlari bo’yicha director o’rinbosari lavozimida xizmat qilib, Jizzax shahridagi “Ko’k bozor” qurilishi, qariyalar choyxonasi, ko’plab savdo-maishiy binolar qurilishlarini amalga oshirishga munosib hissa qo’shdi. 1998-2002 yillarda esa viloyat “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o’rinbosari, iqtisodiyot va hisobot boshqarmasi lavozimida xizmat qildi.

N.Nurmuhamedov qayerda ishlamasin, aholiga savdo xizmati madaniyatini oshirish borasida barakali mehnat qildi. Uning ko’p yillik mehnatlari “O’zbekiston Respublikasi Matlubot korporatsiyasi a’lochisi” ko’krak nishoni, ko’plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan edi.

YO’LDOSH TOSHPO’LATOV (1921-1989) 1921 yil 9 mayda Jizzax tumanida dehqon oilasida tavallud topdi. 1936 yilda hozirgi Sh.Rashidov nomli maktabni, 1939 yilda Toshkent Pedagogika bilim yurtini tugalladi va 1941 yilgacha Jizzax tumanidagi sobiq Chkalov nomli maktabda o’qituvchilik qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, ko’ngilli bo’lib frontga otlanib, urushda ko’rsatgan jasoratlari uchun ordenlar va bir necha medallar bilan taqdirlandi.

Urush tugagach, 1945-1947 yillarda Jizzax shahridagi Narimonov nomli maktabda o’qituvchi, 191 yilgacha tuman yoshlar qo’mitasi kotibi sifatida faoliyat ko’rsatdi.

1953 yili oliy partiya maktabini tugatib, 1958 yilgacha Jizzax tuman ijroiya qo’mitasiga raislik qildi va qishloq xo’jaligi taraqqiyoti hamda aholining turmush faropvonligini oshirishga munosib hissa qo’shdi. Keyinchalik Yo’ldosh Toshpo’latov qoloqlikka tushib qolgan sobiq Jdanov nomli xo’jalikka boshqaruv raisi etib saylanib, jamoa xo’jaligini peshqadam xo’jaliklardan biriga aylantirishga erishdi. Tajribali rahbar Y.Toshpo’latov ordenlar hamda ko’plab medallar bilan taqdirlangan edi.

MAMAJON KOMILOV (1913-1989) 1913 yilda Jizzax tumanidagi “Cho’lmo’lkanlik” mahallasida dehqon oilasida tug’ildi. 1933-1935 yillarda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilgach, Leningradda moliya texnikumini tugatib, 1936-1943 yillarda Jizzax tumanidagi jamoa xo’jaliklarida hisobchi, boshqaruv raisi muovini, rais, 1943-1950 yillarda Xayrobo fuqarolar yig’ini raisi, Navoiy nomli jamoa xo’jaligi boshqaruvi raisi, 1950-1981 yillarda Jizzax tumani moliya bo’limi mudiri, “O’zlavmedxozsnab” Jizzax viloyat bazasi direktori lavozimlarida mehnat qildi.

Mamajon Komilov ikki marta “Hurmat belgisi” ordeni, “Shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatda o’rnak ko’rsatganligi uchun” medallari, O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy yorlig’i, “Moliya a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan edi.

KAMOLJON AZIMOV (1927-1983). 1927 yili Jizzax tumanidagi A.Navoiy nomli jamoa xo’jaligida dehqon oilasida tug’ilgan. U o’rta maktabni tugallagach, 1950-1979 yillari A.Navoiy nomli jamoa xo’jaligida hisobchi, ferma mudiri, boshqaruv raisi o’rinbosari, rais lavozimlarida mehnat qilib, xo’jalik iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qildi. Jamoa xo’jalik qishloqlarida turar joy, madaniy-maishiy binolarni qurishda, xo’jalik a’zolari turmush farovonligini oshirishda juda katta ishlarni amalga oshirdi. K.Azimov 1980-1984 yillarda Qo’lama qishloq fuqarolar yig’inida raislik qilib, maktab-maorif, madaniyat sohalarining rivojiga katta hissa qo’shdi. Uning qishloq xo’jaligini taraqqiy ettirishdagi juda katta mehnatlari hisobga olinib, qator orden va medallar, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan qishloq xo’jaligi xodimi”, “Mehnat Qahramoni” unvonlari bilan taqdirlangan edi.

JO’RA BO’RIYEV (1910-1995) 1910 yil 20 yanvarda Jizzax tumanida dehqon oilasida tavallud topdi. J.Bo’riyev yoshligida otasi vafot etgach, amakisi O’rol Qo’chqorov qo’lida qoldi. U qishloq maktabini tugatgach, 1943 yilgacha Jizzax tuman Qishloq xo’jaligi boshqarmasida, MTS, suv xo’jaligi, moliya bo’limida ishladi. 1943-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashib, bir necha bor og’ir yarador bo’lib, armiya safidan bo’shatilgach, 1945-1950 yilda Jizzax tuman ijroiya qo’mitasi raisining muovini, 1950-1989 yilgacha tuman Suv xo’jaligi boshlig’i lavozimida mehnat qildi. U Jizzax cho’lini o’zlashtirishda, Jizzax suv omborini qurishda, Tuyatortar kanalidan Jizzax vohasigacha suv keltirishga ham munosib hissa qo’shdi.

J.Bo’riyevning Jizzax cho’lini o’zlashtirish, suv tarmoqlarini barpo qilishdagi xizmatlari hukumatimiz tomonidan “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan irrigator” unvoni, ordenlar va medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Urush va mehnat faxriysi VAHOBJON JALILOVNING (1922-1997) bosib o’tgan hayot yo’li ham ibratlidir. Uning urush yillaridagi jangovar xizmatlari “Jangovor jasorati uchun”, “Budapesht egallanganligi uchun”, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” va boshqa medallar bilan taqdirlangan. Vahobjon Jalilov urushdan qaytgach, Jizzax tuamni maorif, partiya va sovet organlarida, matbuot sohasida jonkuyarlik bilan ishlab, el hurmatini qozonadi. Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Vahobjon Jalilov matbuot sohasidagi xizmatlari uchun “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.