Jome masjid (jome-to’plovchi)
Jome masjid (jome-to’plovchi) – shaharning asosiy va eng katta masjidi. Haftalik juma namozlari, odatda shahar aholisi jamlangan. Tantanali kunlarda, hayitlarda namoz o’qilgan, maxsus farmonlar shu manzilda xaloyiqqa e’lon qilingan. Shu tufayli masjidning juma masjid va boshqa masjidlarga nisbatan tuzilishi salobatli bo’lgan. Markaziy Osiyodagi eng katta jome masjidlar qatorida Bibixonim masjidi (Samarqand), Kalon masjid (Buxoro)ni ko’rsatish mumkin.