Jondor tumani

Jondor tumani – Buxoro viloyatidagi tuman (1935 yil 17 yanvarda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrdan Buxoro va Romitan tumanlari tarkibida bo’lgan, 1967 yil 9 yanvda qayta tuzilgan). Jondor tumani Janubi-g’arbdan Olot, Qorako’l tumanlari, Sharq va shimoli-sharqdan Buxoro, Romitan, Peshku tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 5,17 ming km2. Aholisi 123,7 ming kishi (2001). Jondor tumanida 1 shaharcha (Jondor), 13 qishloq fuqarolari yig’ini (Aleli, Dalmun, Lolo, Mirzayon, Navrabot, Oqshix, Romish, Po’loti, Samonchuq, Sepatta, Xumdanak, Xumin, qorali) bor. Markazi — Jondor shaharchasi. Tabiati. Jondor tumani Buxoro vohasida Zarafshon daryosi quyi oqimining shimoli- g’arbida, cho’l zonasida joylashgan. Relefi, asosan, tekislik, qisman botqoq va sho’rxoklar ham bor. Hududining qolgan qismi cho’l (Urganchcho’l va O’rtacho’l) yaylovlaridan iborat. Tekisliklar bag’rida aloxida do’ngliklar (Uchbosh, Sho’rquduq) uchraydi. Iqlimi keskin kontinental, cho’l iqlimi. Ba’zan, Urganchcho’ldan garmsel esib turadi. Vegetatsiya davri 218 kun. Bahor sernam, yoz uzoq davom etadi, serquyosh, quruq, jazirama issiq, kuz qisqa va qishi iliq, ba’zan ayozli. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 0-0, g, iyulniki 28-30″. Yillik o’rtacha temperatura 15-16′. Minimal temperatura -27′, maksimal temperatura 45′. Yillik yog’in qariyb 125-130 mm, aksariyat qismi fevral—mart oylariga to’g’ri keladi. Tuman hududidagi obikor yerlar dastlab Zarafshon daryosidan sug’orilgan. Amu-Buxoro mashina kanalining, ayniqsa Jondor tarmog’ining ishga tushirilishi tufayli hozirgi kunda Amudaryo suvi bilan ta’minlanadi. Vohadagi obikor yerlarning tuprog’i madaniy o’tloqi, bo’z tuproqlar (ba’zi joylarda bu tuproqlar sho’rlangan). Cho’l qismini qumli, Gipsli, gilli, qumli cho’l, qo’ng’ir tusli sur, taqir, taqirli na sho’rxok tuproqlar egallagan. Yovvoyi o’simliklardan Daryo terrasa va qayirlarida qamish, ro’vak, bug’doyiq, sho’rajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulg’un, sho’rxok erlarda pashmaksho’ra, oqsho’ra, qumli cho’llarda oq saksovul, boyalich, quyonsuyak, selin, Astragal va boshqalar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan qumli cho’lda sudraluvchi va kemiruvchilar, qushlardan qirg’ovul, loyxo’rak, so’fito’rg’ay, zarg’aldoq chumchuq va boshqalar yashaydi. Aholisi, asosan, o’zbeklar (95,6%); shuningdek, rus, tojik, qozoq, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 KMG g’a 24 kishi to’g’ri keladi, vohada esa 250— 300 kishiga yetadi. Aholining 93% qishloqlarda yashaydi. Xo’jaligida yetakchi tarmoq qishloq xo’jaligidir. Asosan, paxta ekiladi. Chorvachilik, polizchilik, pillachilik ham rivojlangan. Tokzor va mevazorlar bor. Oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari mavjud bo’lib, ularning aksariyati tuman markazida joylashgan. Plastmassa, vino, konserva zavodlari, non, sut kombinatlari, Navoiy jamoa xo’jaligi hududida Buxoro paxta tozalash zavodining filiali, «xadan» (O’zbekiston— Xitoy) qo’shma korxonasi mavjud. Tumanda jamoa, shirkat, ijara, dehqon, fermer xo’jaliklari faoliyat ko’rsatmokda. Sug’oriladigan yer maydoni 28,2 ming gektar. Shu jumladan donli ekinlar 7,5 ming gektar, texnika ekinlari 17,5 ming gektar, kartoshka, poliz, sabzavot 1,3 ming gektar, yem-xashak 1,9 ming gektar yer maydonini egallaydi (1999). Chorvachilik go’sht-sut va jun-teri yetishtirishga ixtisoslashgan. Jondor tumani xo’jaliklarida 45,4 ming qoramol, 105,3 ming qo’y va echki, 35,8 ming parranda boqiladi. O’rmon xo’jaligi 66,4 ming gektar maydonda joylashgan. Bu yerda ko’chat yetishtirish yo’lga qo’yilgan. Qumli joylarida, asosan, saksovul, Qandim, cherkez o’sadi. Jondor tumanida 52 umumiy ta’lim maktabi (30 ming o’quvchi), litsey, sanatoriy-Internat, musiqa maktabi, iqtidorli bolalar internati, 42 kutubxona, madaniyat uylari, 2 muzey bor. Tumanda 365 o’rinli kasalxona, 20 qishloq vrachlik punkti, 12 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 1 poliklinika va 23 feldsher-akusherlik punkti bo’lib, ularda 194 vrach xizmat qilmoqda. Tuman hududidan Buxoro—Turkmanobod xalqaro avtomagistrali o’tadi. Jondor tumanida to’rtta yirik tarixiy obida mavjud: Mahmud Torobiy daxmasi (13- asr), Varaxsha yodgorligi (7-asr), Shaxri Islom qal’asi, Qizbibi me’moriy majmuasi (16-asr). 1935 yildan «Jondor ovozi» gazeta chiqadi. Ad.: Tursunov M., Jondor va Jondorliklar, Buxoro, 1995.