Junjish, junjikish, qaltirash, et uvishishi

Junjish, junjikish, qaltirash, et uvishishi — teri tomirlarining tortishib qisqarishi (spazm) natijasida sovuq sezish, sovqotish, qaltirash; ayni vaqtda qon ichki a’zolarga (asosan qorin bo’shlig’iga) ketib, soch (jun) tippa-tik bo’ladi, avval chaynov, keyin elka, orqa va qo’l-oyoq muskullari titraydi. Odam ko’pincha isitmalashdan oldin yoki sovuq ta’sirida junjiydi. Junjishda organizmdan tashqariga issiqlik chiqishi kamayadi, muskullar qisqarishi natijasida issiklik ko’proq hosil bo’ladi, shu tufayli gavdada issiqlik to’planib, temperatura ko’tariladi, shundan keyin Junjish tugaydi. Gavda temperaturasi keskin o’zgarib, isitma avjiga chiqqanda ham Junjish kuzatiladi. Sog’lom odamda Junjish sovuq ta’siriga javoban normal reaktsiya, himoyalanish chorasi hisoblanadi. Asabiy kishilarda Junjish kuchli hayajon yoki qo’rquvdan keyin ham paydo bo’ladi.