Kachinlar

Kachinlar (szinpo, o’zlarini- Chjin-pxo deb ataydilar) — xalq. Asosan, Myanma (Kachin milliy viloyatida 675 ming kishi) va Xitoyda, kichik guruhlari — Tailand, Laos, Shim.-Sharqiy Hindistonda yashaydilar. Umumiy soni 810 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Kachin tilida so’zlashadilar. An’anaviy diniy e’tiqod saqlanib qolgan, bud- da diniga hamda xristian (baptistlar) diniga e’tiqod qiladiganlar ham bor. Dehqonchilik, ovchilik, baliqchilik b-n shug’ullanadi.