«KAFOLAT» SUG’URTA KOMPANIYASI

«KAFOLAT» SUG’URTA KOMPANIYASI — O’zbekistondagi ixti- soslashtirilgan davlat-aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi. O’zR Vazirlar Mahkamasining 1997 y. 14 martdagi qaroriga ko’ra ochiq aktsiyadorlik jami- yati shaklida tashkil etilgan. Boshqaruv direktsiyasi Toshkent sh.da. Respubli- kaning barcha viloyatlari markazlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi va tosh- kent sh.da 14 filiali, respublika shaharlarida 56 bo’limi faoliyat ko’rsatadi. Bankning asosiy aktsiyadorlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazir- ligi (hissasi 8,33%), «O’zagrosug’urta» davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi (50%), «O’zbekinvest» eksport-import milliy investisiya kompaniyasi (8,33%), «asa- kabank» (1,64%), «Ipak nuri» banki (1,67%) va b. Aktsiyalarning 30% ochiq sotuvda joylashtirilgan. Respublika- da 30 dan ortiq turdagi sug’urta xiz- matlari ko’rsatadi, jumladan, aholi va mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mulkini; garovga qo’yilgan mulkni; fuqarolarning imoratlarini va uy mulki, ularning xo’jaliklaridagi uy hayvonlarini; jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalarini; yuklarni; havo, temir yo’l, ichki suv va avtomobil transporti yo’lovchilarini; fuqarolar hayoti va salomatligini; sportchilarni yig’inlar va musobaqalar davrida; birja brokerlari; notari- uslarning kasb mas’uliyatini va b.ni sug’urtalashni olib boradi. Kompani- yaning ustav kapitali (mln. so’m) 600, javobgarlik hajmi summasi 150784,9, sug’urta mukofotlari summasi 1089,9, to’langan qoplamalar hajmi 70,0 (2001). Sherali Imomov.