Kakao

Kakao (Thebroma cacao), shokolad daraxti — 1) sterkuliyadoshlar oilasi Theobroma avlodiga mansub doim yashil daraxtlar turi. Markaziy va Jan. Ame- Rika o’rmonlarida yovvoyi holda o’sadi (urug’i mayda va achchiq). Qadimdan bu da- raxt Meksikada ekilgan. Evropaga (Is- paniya) 1520 y. keltirilgan. 17-a.da Vene- suelada, so’ngra Brazili-yada, 19-a. oxiri (1884 y.dan) Afrikada ekila boshlagan. Er yuzida 11,5 mln ga kakaozorlar bor (2000). O’rtacha hosildorligi 6,16 ts/ ga; K. eng ko’p Afrikada (3,8 mln.ga), Jan.Amerikada, Osiyo (Filippin, Hindiston, Yaman, Indoneziya)da ekila- Di. K. ko’p yillik doimiy yashil daraxt. Bo’yi 4-8 m ga boradi. K. o’stirish uchun yog’ingarchilik yiliga 2-5 ming mm, doimiy qurg’oqchilik davri 3-4 oy- dan oshmaydigan, o’rtacha havo harorati 2 g dan kam bo’lmagan xududlar qulay hisoblanadi. Shunday sharoitda K.ning madaniy turi yil davomida gullaydi, meva hosil qiladi. Tinim davri juda qisqa bo’ladi yoki bo’lmasligi ham mum- kin. Yog’ingarchilik kam bo’lgan yillari kam hosil beradi va daraxtlar qurib qoladi. Urug’idan, qalamchasidan pay- vand qilib ko’paytiriladi. Ko’chati o’tqazilgandan keyin 4-5-yildan hosil beradi, 10-yili to’liq hosilga kiradi. K. mevasi (uz. 30 sm gacha) 300-600 g keladi, Qar bir meva ichida 25-60 urug’ (dukkak) bo’ladi. Mevasi 4-5 oyda etiladi. Bir daraxtdan 0,5—2 kg (12-15 ts/ga) urug’ olinadi. Urug’i tarkibida 50-53% moy, 14,5% azotli moddalar, 1,3—1,7% Teo- bromin alkaloidi, oshlovchi moddalar, oqsil, qand, kraxmal mavjud. Dukkagi qayta ishlashdan oldin tozalanadi, Fer- mentlanadi, quritiladi, qovuriladi, dukkak po’chog’idan ajratiladi, maydala- nadi va press mashinalarda moyi olina- Di (q. Kakao moyi). O’zbekistonda ekil- maydi, chunki tuproq-iqlim sharoiti K. biologiyasiga mos emas; 2) kakao urug’i kunjarasidan olinadigan kukun (upa) va undan issiq va sovuq ichimlik tayyorlana- Di. Kukun tarkibida 15% gacha yog’mavjud. Shuningdek, K. kukuni shirinlik. (krem, muzqaymoq), qiyom va b.ga qo’shiladi. Issiq K. ichimligi tayyorlash uchun kichik kostryulkaga 2 choy qoshig’ida kakao upa- si, shakar (ta’bga ko’ra), bir oz sut solib, upaning qumoqlari yo’qolguncha eziladi. Hosil bo’lgan bo’tqaga oz-ozdan issiq sut (bir stakancha) qo’shilib, qaynagan zahoti olovdan olinadi.