Kandakorlik

Kandakorlik — amaliy san’- at turi; o’ymakorlikning metall buyum- larni o’yib, chizib naqsh, tasvir ishlash sohasi. Buyumlarni bezashda kandakori (o’yib, kesib), qolipaki (qolip yorda- mida), simkori (simdan foydalanib), shuningdek, buyumlarning qismlari (qopqoq, dasta va b.) va ikki qavatli bu- yumlarni bezashda shabaka (panjarali qilib ishlash) usullari qo’llaniladi, an’anaviy usimliksimon (islimiy) va handasiy (girih) naqshlardan mujas- Samotlar yaratiladi. Naqsh yoki tasvir zamini po’lat qalam (asbob)lar yordami- da chuqur yoki sayoz o’yiladi, zamin sayoz o’yilganda rangli loklar b-n bo’yaladi, pardozlanadi, chekma, uyma, katak, paral- Lel kesma chiziqlar b-n jilo beriladi. 1930 y. lardan metall sirtiga kimyoviy moddalar ta’sir ettirib naqsh, tasvir yaratish usuli ham (ilk bor Toshkent badiiy o’quv i.ch. k-tida) qo’llaniladi. Arxeologik topilmalar (bronza qozon, mil. AV. 6-5-a.lar, Farg’ona vodiysi, O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida; Amudaryo xazinasi tarkibiga kirgan me- Tall buyumlar, mil. AV. 4— 2-a.lar, bri- Taniya muzeyida; Samarqand Registoni- dan topilgan metall buyumlarning yirik xazinasi va b.) K. badiiy hunarmandlik turi sifatida O’rta Osiyo (jumladan, O’zbekiston hududi)da juda qadimdan mavjudligini ko’rsatadi. Dastlab buyum- larga afsonalardagi qahramonlar tasvi- ri ishlangan, arablar istilosidan key- in tasvirlar o’rnini handasiy naqshlar, bezak darajasiga etkazib ishlangan Arab yozuv (bayt)lari egallagan. Temuriylar davrida yangi usullarning yuzaga kelishi oqibatida K. san’ati yanada rivojlan- Di, bezak turlari ko’paydi. 18— 19-a. larda Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo’qon, Qarshi, Shahrisabz, Toshkent kabi shaharlarda K. markazlari bo’lgan. 19-a. ning so’nggi choragida K. maqsulotlariga bo’lgan talabning ortishi ularni sano- atda qolip yordamida kup nusxada i.ch.ta olib keldi. Bu, o’z navbatida, K.ning ma’- lum darajada susayishiga sabab bo’ldi. O’zbekistonda 19-a. oxiriga kelib usuli- ning o’ziga xosligi, zarbning chuqur yoki sayozligi, naqshlar yuzasi va zaminini bezashda qo’llanadigan usullariga ko’ra, bir-biridan farqlanadigan K.ning bir necha (Farg’ona, Toshkent, Buxoro, qarshi- Shahrisabz, Samarqand, Xorazm) makta- blari shakllandi. Farg’ona K. maktabi ustalari (Abdufozil Otaullaev, mul- la Siddiq Otaullaev va b.) buyumlarni bezashda ko’rkam bog’lar, chamanzorlarni eslatuvchi nafis naqshlarni sayoz, tor zaminli qilib ishlaganlar, o’ziga xos tarzda pardozlaganlar, ba’zan mujas- samotga me’moriy tasvirlar ham kiri- tilgan. Toshkent K. maktabi vakillari yirik buyumlarga an’anaviy naqshlarni yirikroq qilib ishlaganlar, bezakda sodda naqshlar (mehrob, zanjira, zuluk, Olmagul va b.)ni qo’llaganlar. Buxoro K. maktabi vakillari (Hakim Buxoriy, Do’stmuhammad Rizo va b.) buyumlarni o’rtacha hajmda nafis, baytlarni kup qo’llagan holda bezaganlar. Qarshi — Shahrisabz K. maktabiga Buxoro K. MAK- tabining ta’siri kuchli bo’lgan, ustalar buyumlarni, shuningdek, shisha, Feruza ko’zlar qadab bezaganlar, naqsh zamini rangli loklar b-n bo’yalgan, ba’zan buyum sirti qolipaki usulida ishlangan bez- aklar b-n qoplangan. Samarqand K. MAK- tabi vakillari buyumlarni shabaka usu- lida (panjarasimon) bezaganlar, naqshda shobarg keng qo’llanilgan, naqsh zamini chekma gullar b-n pardozlangan. Xorazm K. maktabi ustalari (Xo’janiyoz sayit- Niyozov, Matyoqub Jonibekov, B. Yoqubov va b.) naqqoshlar tayyorlagan axtalar yor- damida murakkab buyumlarni handasiy va islimiy naqshlar b-n to’ldirib bezagan- lar. Bu maktablar o’zaro aloqada bo’lgan, ayrim usta kandakorlar o’z ijodlarida turli maktab usullarini qo’llagan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida yasalgan K. bu- yumlari shakli xilma-xil (choydish, mis ko’za, kosa, lagan, la’li, kashkul, oftoba, qumg’on va b.) tayyorlangan hamda nihoyatda nozik va bejirim naqshlangan. 20-a. 20-y.laridan ustalar artellarga uyushti- rildi. K. tsexlarida ijod qila boshlagan ustalar turli maktablarning an’ana- lari, usullaridan foydalanib badiiy buyumlar (choydish, mis kuza, mis lagan, satil, oftoba, dastsho’y, qumg’on va b.) tayyorladi. 60-y.lar boshlarida artellar tugatilib mahalliy sanoat korxonalari, mahalliy xizmat k-tlarida (Qo’qonda L. Fozilov, Buxoroda S. Hamidov, M. Mu- karramov, A. Hamidov, Xivada Yo. Bek- jonov boshchiligida) K. buyumlari ish- lab chiqarildi. Toshkent, Buxoro, Qo’qon, Xiva kabi shaharlarda O’zbekiston ba K. ustaxonalarida keksa kandakorlar yoshlarga (ustoz-shogird usulida) o’z qunarlarini o’rgatmoqda. Buxoroda K. maktabi ishlab turibdi (yana q. Buxoro kandakorlik maktabi).