Kaolindan olingan tola
Kaolindan olingan tola – yuqori haroratli (qo’llaniladigan harorati 1100-1250C gacha) sanoatning turli tarmoqlarida qo’llaniladigan issiqlik izolyatsiyasi. Gil-tuproq va kvarts qumi uni ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida xizmat qiladi. Kaolinli tolaning o’rtacha zichligi 80 kg/m3 ni tashkil etadi. Vibratsiyaga chidamli, suv, suv bug’i, moylar va kislotalarga nisbatan inertsir, yuqori elektr izolyatsiyalovchi xossalarga ega, harorati 700-800C gacha ko’tarilganda o’z xossalarini o’zgartirmaydi. Kaolin tolasi o’ramli va turli buyumlar ko’rinishida yetkazib beriladi.