Kapalaklar

Kapalaklar, tangachaqanotlilar (Lepidoptera) — to’liq metamorfoz b-n rivojlanadigan hasharotlar turkumi. Mezozoyning boshlarida kelib chiqqan; asosiy oilalari paleogenning boshla- rida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, bo’r davridan ma’lum. Ko’pchilik K.ning og’iz organlari yuksak ixtisos- lashgan so’ruvchi xartumdan iborat bo’lib, boshining ostki tomonida spiral shaklda o’ralib turadi. Pardasimon qanotlari rangli tangachalar b-n qoplangan. Qanotlarining rangi, ayniqsa, ularning turli rangda tovlanishi rangsiz tangacha- larning yorug’lik nurini har xil burchak ostida singdirishi b-n, qora, sariq va b. rangli dog’lar esa pigment b-n bog’liq. Mo’ylovlarining shakli va uzunligi har xil. Yozilgan qanotlari 3,2 mm dan (MIT- ti kuyachalar) 300 mm gacha (tunlamlar). Tuxumlarining shakli xar xil bo’lib, sistematik ahamiyatga ega. Qurtlarida 3 juft ko’krak oyokdari b-n birga 5 juft soxta qorin oyoqlari ham bo’ladi. G’umbaklari yopiq (ko’pincha, pilla ichida), tuban vakillarida ochiq (erkin) bo’ladi. K. odatda, tuban K. (teng qanotlilar) va yuksak K. (har xil qanotlilar) kenja tur- kumlariga bo’linadi. Ayrim hollarda og’iz organlari kemiruvchi tipda bo’lgan tishli kuyalar alohida kenja turkumga ajratiladi. K. turkumining sistema- si aniq ishlab chiqilmagan, 100 dan 200 gacha oilaga ajratiladi. 140 mingga yaqin turi ma’lum. K. faunasi, ayniqsa, tro- pik mintaqada xilma-xil. O’zbekistonda 1500 ga yaqin turi aniklangan. Tunlam ka- palaklar, odimlovchilar, barg o’rovchilar oilalari, olovrang K.lar, kuyalar katta oilalari, ayniqsa, turlarga boy. Ko’pchilik K. shomda yoki kechasi, ayrim- lari kunduzi faol hayot kechiradi. Voyaga etgan K. gul nektari yoki o’simlik (ba’- zan qayvonlar) shirasi b-n oziqlanadi. Ko’pchilik K. imagosining og’iz organ- lari reduktsiyaga uchragan, oziqlanmaydi (afagiya). Tishli tunlamlar gul changi b-n oziklanadi. K. voyaga etgan davri- da bir necha kun, hatto bir necha soatdan (oziqlanmaydigan turlari) bir necha oy- gacha (voyaga etgan davrida qishlaydigan K.) yashaydi. Ko’pchilik K.ning qurtlari fitofag, lekin saprofaglar, kerotofa- glar (Yung va patxo’rlar), yirtqichlar, hatto parazitlar (tropikada) ham uchray- Di. Yillik rivojlanish tsikli turli- cha; ko’pchilik turlari (monovoltinlar) yilda bir marta, boshqalari (bi-va Pol ivol ti n l ar ) ikki yoki ko’p marta nael beradi; daraxtlarning yog’ochlik qismida rivojlanadigan turlari generasiyasi 2-3 yil davom etadi. Odatda, qurtlik davrida, ba’zi turlari imago yoki tuxum davrida qishlaydi. Ayrim turlarining D i a pauz a si turli rivojlanish dav- rlarida o’tadi. Ba’zi K., ayniqsa cho’lda tarqalgan turlari ezda ham diapauzaga o’tadi. Ko’pchilik K. (aksariyat, ixtisos- lashganlari) o’simliklarni changlatishda ishtirok etadi. Tut, aylant va Xitoy dub ipak qurtlari K.i ipak olish maqsadida qo’lda boqiladi. Ko’pchilik K. qurtlari (tunlamlar, kuyalar va b.) q. x. ekinlari, o’rmonchilik xo’jaliklari (odimlovchi- lar, barg o’rovchilar va b.), oziq-ovqat zahiralari, Yung va mo’ynadan tayyorlan- gan mahsulotlarga (kuyalar, tunlamlar va b.) katta ziyon keltiradi. O’zbekiston qududida K.ning 100 dan ortiq turi me- Vali daraxtlar va qimmatbahr yovvoyi o’simliklarga ziyon keltiradi. Ba’zi turlari (mas, kuzgi, undov, g’o’za, kichik quruqlik tunlamlari va b.) g’o’za hamda unga yo’ldosh ekinlar zararkunandala- ridir. Ko’pchilik K., ayniqsa, kunduzgi turlarining soni yashash muhitining buzilishi, zaharli kimyoviy moddalar va o’g’itlarning qo’llanilishi tufayli keskin kamayib bormoqda. K.ning bir qancha turlari muhofaza qilinadi. Alo- viddin Hamraev.