Kapella
Kapella (ital. capella — kichik ibodatxona) — 1) katolik va anglikan me’morligida uncha katta bo’lmagan in- Shoot yoki ayrim zodagonlarning oilaviy ibodati uchun mo’ljallangan kichik ibo- datxona, tabarruk buyumlar saqlanadigan va xor ijro etiladigan joy. K. ibo- datxonalarda (asosan, yon tomonida yoki xor atrofida), saroy va qasrlarda joy- lashgan. Shuningdek, alohida K.lar ham qurilgan; 2) (musiqada) xor jamoasi. Dastlab faqat qo’shiqchilardan iborat bo’lgan; keyinchalik, cholg’u musiqa rivo- Ji natijasida vokal-cholg’u musiqa ja- moalariga aylangan. O’zbekistonda xor san’ati ravnaq topib, turli xor jamoa- lari, shu jumladan, O’zbek davlat filar- moniyasi xor K.si (1952), O’zbekiston te- levideniesi va radiosi xor K.si (1960) tashkil etilgan; 3) ba’zi maxsus orkes- trlarning nomi (harbiy K., raqs K.si va b.); 4) a kapella — cholg’ular jo’rligisiz xor ijrochiligi. Professional xor san’ati uslubi sifatida o’rta asrlarda katolik cherkovidagi diniy marosimlar- da yuzaga kelgan. Niderland maktabi na- moyandalari, Italiya kompozitorlari (J. Palestrshsh va b.) ijodida o’z cho’qqisiga ko’tarilgan. Uyg’onish davridan boshlab a kapella uslubi dunyoviy xonandalik san’atida, xususan, Madrigal turidagi xonaki vokal janrida rivojlandi. Unda inson ovozining boyligi va go’zalligi to’la namoyon bo’lganligi uchun turli davr kompozitorlarining bu uslubga qiziqishi kuchayib borgan (F. Shubert, I. Brams, B.Bartok, S. Taneev, G. Sviri- dov va b.). Mazkur uslubda kuylash bol- gar, gruzin, rus, eston va b. xalklar ijo- dida ham keng tarqalgan. O’zbekistonda M.Burhonov a kapella janri asoschisi- dir. Uning an’analarini Urta Osiyo kom- pozitorlari va o’zbek kompozitorlaridan S. Boboev, M. Nasimov, I. Akbarov, B. Umidjonov, M. Bafoev va b. davom etti- rishgan.