Kapillyar hodisalar
Kapillyar hodisalar – bir- biriga aralashmaydigan jismlar (mas, qattiq jism b-n suyuqlik)ning tegishib turgan chegara sirtida molekulyar kuch- lar ta’sirida yuzaga keladigan fizik hodisalar. Mac, suyuqlik b-n idishning o’zaro ta’sirida suyuqlik sirti botiq yoki qavariq shaklni oladi. Jumladan, kapillyar (ingichka) naydagi ho’llaydigan suyuqlik sirti botiq, ho’llamaydigan Su- yuklik sirti qavariq bo’ladi. Suyuqlik sirtining egrilanishi tufayli hosil bo’ladigan kapillyar bosim natijasida idish (mas, kapillyar nay)dagi suyuqlik ma’lum balandlik h ga ko’tariladi yoki pasayadi. Bunda -£- = pgh formula o’rinli. o —suyuqlikning sirt taranglik koeffisienta, r — suyuqlik zichligi, g — erkin tushish tezlanishi. Balandlik h ni aniqlash uchun suyuqlik sirtining egrilik radiusini kapillyar radiusi g ga almashtiriladi: bunda: g — kapillyar radiusi, 9 — chegaraviy burchak, demak, h=2a/prg. Suyuqlikning sirt taranglik koeffisi- enta qancha katta, kapillyar nayning ra- diusi b-n suyuqlik zichligi qancha kichik bo’lsa, kapillyar nayda suyuqlik shuncha baland ko’tariladi. K. h. tabiatda, kun- dalik turmushda, texnikada katta rol o’ynaydi. O’simliklarning oziqlanishi, organizmda moddalar almashinuvi, tuproq va er osti suvlarining ko’chishi, g’ovak moddalarning suv shimishi, texni- kada keng tatbiq qilinadigan flotasiya (mas, foydali qazilmalarni boyitish) jarayoni K. h.ga bog’liq. K.h.ni birinchi bo’lib Leonardo da Vinchi (16-a.), so’ngra B. Paskal (17-a.) va J. Jyuren (18-a.) kapillyar naycha- lar b-n tajribalar o’tkazaetganda kashf etishgan. K. h. nazariyasini T. Yung (1805), P.Laplas (1806), J. U. Gibbs (1875) va I. S. Gromeka (1879, 1886) ilmiy ishlarida rivojlantirganlar. Ad.: Adam N. K., Fizika i ximiya po- verxnostey, Per. s ang., M., 1947; Gromeka I. S, Sobr. soch., M., 1952; Fisher I. 3., Statisticheskaya teoriya jidkostey, M., 1961; S ivu Xin D. V., Obshiy kurs fizi- ki, t. 2, M., 1975.