Kapital
Kapital (nem. Kapital; lot. capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma’noda — o’z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo’lgan jami vositalar va mablag’lar; yangi qiymat keltiruvchi, o’zini o’zi ko’paytiruvchi qiymat. Tovar- lar va xizmatlar i. ch. uchun kishilar to – monidan yaratilgan resurslar; tor ma’- noda — i. ch. vositalari ko’rinishidagi ishga qo’yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy K.). K.ning paydo bo’lishiga tovar i. ch., tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o’ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo’lishi b-n oddiy tovar i.ch. kapitalistik i.ch.ga ay- lanadi, tovar i.ch.ning shu davrida Tovar muomalasidagi pul K.ga aylanadi. K. ko’p tsikllar davomida i. ch.da ishtirok etadi- gan asosiy kapital va bir tsikl davomida ishtirok etadigan va to’liq sarflanadi- gan aylanma kapitalga bo’linadi. Pul K. i (sarmoya) — ashyoviy K. sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifo- da etadi, ya’ni pul K.ga aylanishi uchun i.ch.ga avanslanadi. Iqtisodiy nazariyada K. ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning ko’payishi in- son mehnati (ish kuchi) va i.ch. vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlash- ganda, ya’ni i.ch. sharoitida yuz bera- Di. K. sanoat K.i, savdo K.i, ssuda K.i, sudxo’rlik K.i (tarixiy) shakllarida faoliyat ko’rsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida K.ning kor- xona, firma, banklar. K.i, turli aktsiya- dorlik jamiyatlariga tegishli aktsiyador- lik K.i, zahira K.i, ustav K.i. singari ko’rinishlari mavjud. Tadbirkor jis- Moniy shaxslarga tegishli K. dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi. Sadir Salimov.