Karam

Karam (Brassica L.) — butguldosh- lar oilasiga mansub, bir, ikki va ko’p yillik o’simliklar turkumi, sabzavot va em-xashak ekini. K.ning Evrosiyo va shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor. Ko’pgina turlari O’rta dengiz atrofi va Xitoydan kelib chiqqan. Bryukva, raps, sholg’om, Su- Repisa, xantal ham shu turkumga kiradi. Bir turi — poliz K. (V. o1egaseae)ning juda ko’p turlari xo’jalik aqamiyatiga ega. Dehqonchilikda ulardan oq boshli (bosh o’raydigan oddiy) K., qizil K., sa- voy karami, Bryussel karami, kolrabi, gulkaram, Pekin karami dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Jahon bo’yicha oq boshli K.ning umumiy ekin may-doni 2,3 mln.ga, hosildorlik 209,9 ts/ga, yalpi hosili 48,8 mln.t (1999). Aso- san, oq boshli va gulkaram ekiladi. K. aksari ikki yillik o’simlik. Birinchi yil bosh (karam) chiqaradi, ikkinchi yili o’zagidan gulpoya chiqarib, urug’laydi. Oq boshli K. navlari vegetativ (o’zagi, barg plastinkasi, to’p bargi) va qosil organ- lari (karam boshi)ning qator morfo- logik belgilari b-n bir-biridan farq qiladi. Tashqi o’zagining bo’yi 16-20 sm, to’pbargining diametri 60-80 sm, bandining uzunligi bo’yicha barglari bandsiz, 4— 15 sm bandli, barglari may- da — 25— 40 sm, o’rtacha — 40-50 sm va yirik — 50 sm va undan yirik bo’lishi mumkin. Barg to’qimasining yuzasi silliq va burishgan. Barglarining ran- gi och-yashil, to’q-yashil, kulrang-yashil, ko’kish-yashil, yashil-binafsha, olachipor, ko’k-yashil va qizil-binafsha tusda. K. boshlari kattaligi va tig’izligiga ko’ra, mayda (0,5—1,5 kg), o’rtacha (1,5— 2,5) va yirik (2,5 kg dan ortiq) vaznda bo’ladi. Gullari sarg’ish, yirik, Shin- gillarga to’plangan, mevasi qo’zoq. Urug’i yumaloq, to’q qo’ng’ir, diametri 2 mm cha. K. sovuqqa chidamli, urug’i 2— 5° da una boshlaydi. Ko’kati — 5° so-vuqqa, katta o’simligi — 8° qisqa muddatli sovuqqa chidaydi. Oq boshli K. 11-18° t-Rada bosh hosil qiladi. T-ra 25° dan oshganda bosh chiqarishi kechi-kadi; sernam va yorug’ joyda tez rivojlanadi. K. tarkibida qandlar, organik kis- lotalar, vitaminlar (S, R, V,, V2, RR, K, E) va karotin, pantoten va folat kis- lotalar, yog’, fermentlar, fitontsidlar, kaliy, kaltsiy, yod, marganes, temir va b. elementlarning tuzlari bor. Be- vosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida iste’mol qilinadi. K. xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterin- ning chiqib ketishini tezlatadi. K.da kletchatka ko’p. K. navlari ertagi, o’rtacha ertagi, urtagi, o’rtacha kechki va kechki gu- ruxlarga bo’linadi. K. ko’chati parnik va issiqxonalarda etishtirilib, ertagisi- ga Fev. oxiri va mart boshlarida (60×60 sm, 70×70 sm sxemada), o’rtagisi apr. — may boshlarida, kechkisi iyul oxiri va iyul boshlarida (70×70 sm sxemada) eki- ladi. Parvarishi sug’orish, qator oralari va tup atrofini yumshatish, o’g’itlash, zararkunanda va kasalliklarga karshi kurash olib borishdan iborat. Birinchi oziklantirishda gektariga 150-200 kg superfosfat va 120-150 kg ammiakli selitra, ikkinchisida faqat 120— 150 kg ammiakli selitra beriladi. K. ekiladi- gan er kuzda yoki erta bahorda haydalib, gektariga 20-30 t go’ng, 300-400 kg Su- perfosfat, 100-150 kg kaliy tuzi sochi-ladi. K. urug’ini bevosita dalaga ekish ham mumkin. Bunda unumdor, begona o’tlardan toza erlarga seyalkada qator orasini 60— 70 sm dan qilib, 1 ga maydonga 1 — 1,5 kgurug’sepiladi. 2-3 chin barg chiqargach, yaganalab, har uyada (30-40 sm oraliqda) bittadan o’simlik krldiriladi. Bundan keyingi ishlar ko’chati o’tqazilgandagi ishlar b-n bir xil. O’rtacha hosildorligi (1 ga dan) ertapishari 200-300 ts, o’rtapishari 400— 500 ts, kechpishari 600-900 ts. K. urug’chiligi b-n K. ekila- digan barcha zonalarda shug’ullaniladi. O’zbekistonda oq boshli K.ning quyidagi navlari ekiladi: Gribov- skiy 147—ertagi, ko’chati o’tqazilgach, 60-65 kunda etiladi. Boshi 0,7—1kg, yumaloq, o’rtacha zich, ko’kish, pishganda yoriladi. Toshkent 10—o’rtagi, ko’chati o’tqazilgach, 90-110 kunda pishadi. K.i 2— 2,5 kg, yumaloq-yassi, issiqqa chidam- li. O’zbekiston 133—o’rta kechki, ko’chati o’tqazilgach, 110-120 kunda etiladi. K.i 2,5—4,3 kg, yumaloq-yassi. Shuningdek, Apsheron kuzgisi, Saratoniy, Navro’z, Ashxobod, parallel Fp Derbent va b. na- vlari ham ekiladi (2002). K. zararkunandalari. K.ni zararlay- digan hasharotlar turlari juda ko’p, aso- siylari karam biti, karam kuyasi, karam qandalasi, karam oq kapalagi vab. Karam biti — qanotsiz urg’ochisi 1,9—2,3 mm, tuxumsimon, ko’kish-kulrang, kulrang mum g’ubor b-n qoplangan; qanotli urg’ochisi 2,15 mm, boshi va ko’kragi jigarrang, qorni ko’kish-sariq, ozroq mum g’uborli. Bir mavsumda 15 martagacha avlod bera- Di. Karam kuyasi — kapalagi qanotlari yozilganda 14-17 mm; oldingi qanotlari qo’ng’ir, keyingisi kulrang. Lichinkasi (qurti) 9-12 mm, urchuqsimon, yashil. Tuxumi 0,4—0,5 mm, yumaloq-suyri, och sariq. Hamma joyda uchraydi, asosan, K. va kizil lavlagini zararlaydi. Be- gona o’tlarda, K. o’zagi va barglarida qishlaydi. Tuxumdan chiqqan qurtlari barg b-n oziqlanadi (Toshkent viloyatida 9-10 ta avlod beradi). Karam qandalasi — tanasi 7 — 8 mm, bo’g’imli, qalqoni qorinni yarmigacha qoplab turadi. Usti zangori yoki yashilsimon qora bo’lib, qizg’ish, sargish yoki oqish chiziqlari bor. O’simlik barglarini xartumchasi b-n te- shib shirasini so’radi, bunda burglar sarg’ayadi, ilma-teshik bo’lib ketadi, yosh o’simliklar qurib qoladi. Ko’klamda begona o’simliklar b-n oziqlanib, barg orqasiga tuxum qo’yadi. 6-15 kunda tu- xumdan lichinkalar chiqadi, kattalashib g’umbakka aylanadi. Birinchi bo’g’ini, ko’pincha may — iyunda K.ga tushadi. Ka- RAM oq kapalagi — qanoti yozilganda 5,5—6 sm, oq, uchi qora ko’rinadi. Lichin- kalari qora dog’li sarg’ish-och yashil, bo’yi 1 sm. O’rta Osiyo sharoitida yiliga 4 marta avlod beradi. K. kasalliklaridan hosilga katta zarar keltirganlaridan asosiylari: bakterioz, soxta unshudring, qora bo’g’iz, ildiz bo’g’zi qorayishi. Zararkunandalarga qarshi kurashda ko’chatni dalaga ekishdan oldin insekti- tsidlardan birontasining 0,2% li erit- masi purkaladi, o’suv davrida biologic preparatlardan dendrobasillin (1,0— 1,5 kg/ga), Gomelin (0,8—1,0 kg/ga) erit- malari, hosilni yig’ishdan 20-30 kun oldin insektisidlar b-n dorilanadi, kasalliklarga qarshi erni kuzda shudgor- lash, o’simlik qoldiqlarini yig’ib olish, urug’likni ekishdan oldin dorilash tad- birlari o’tkaziladi. Ad.: Balashev N. I., Zeman G. O., Sab- zavotchilik, T., 1977; Bo’riev H., Abdulla- eV A., Tomorqa sabzavotchiligi, T., 1987. Botir Azimov, Zuhra Saidova.