Karbonatlar

Karbonatlar (lot. Carbonis -ko’mir) — karbonat kislota (N2SO3) tuzlari. Normal, ya’ni so, anionli o’rta (mas, K2SO3), NSO3 anionli nor- don (gidrokarbonatlar, mas, KNSO,) va asos (mas, Si2(on)2SO3 — malaxit) K.ga bo’linadi. Ishqoriy metallar, am- Moniy va talliyning normal K.i suvda yaxshi eriydi. Ularning suvdagi eritma- si ishqoriy reaktsiyali. Bariy, kaltsiy, strontsiy va qo’rg’oshin (2 valentli) K.i suvda juda oz eriydi. Nordon K. suvda yaxshi eriydi. K. qizdirilganda parcha- lanadi (mas, sa— SO3 = Sao + SO2). Gidrokarbonatlar qizdirilganda par- chalanib normal K.ga aylanadi (mas, 2NaHCO3= Na2CO3 + + N2O + SO2). Kuchli kislotalar ta’sirida K. SO2 ni chiqaradi. K. tabiatda kaltsit, dolomit, ohaktosh, malaxit, magnezit va b. tabiiy minerallar holida keng tarqalgan. Ba’zi K. (mas, rux, temir, marganes, qo’rgoshin, mis karbonatlari) kimmatbaho metall rudalaridir. Ohaktosh, magnezit, viterit qurilishda, olovbardosh materi- allar i.ch.da, kimyo sanoatida va b.da xom ashyo sifatida qo’llaniladi.