Karbyurator

Karbyurator (Frans. carburateur) -yonilg’i aralashmasi tashqarida hosil bo’ladigan ichki yonuv dvigatellari uchun yonilg’ini dozalaydigan va havo b-n aralashtirib yonuvchi aralashma hosil qilib beradigan qurilma. Eng oddiy K. qalqovuch 2 li kamera , tuzitkich 6 li jiklyor, aralashtirish kamerasidan ibo- rat. Aralashtirish kamerasida diffu- zer va drosselli zaslonka joylashgan. Qalqovuchli kamerada yonilg’i sathining bir xilligini ignali klapan va qalqovuch ta’minlaydi. Qalqovuchli kamera atmos- fera b-n teshik orqali, aralashtirish kamerasi b-n esa jiklyor va to’zitkich orqali tutashgan. Dvigatel tsilindri- dan porshen pastga harakatlanganda tru- boprovod da siyraklanish hosil bo’lib, havo oqimi K.ning aralashtirish kame- rasiga keladi. Diffuzor havo oqimini oshirib, to’zitkich oldida siyraklanish hosil qiladi. Qalqovuchli va aralash- tirish kameralarida bosimlar farqi hosil bo’lib, to’zitkichdan yonilg’i oqib havo yordamida to’ziydi va havo b-n arala- shib, yonilg’i aralashmasi xrsil bo’ladi. Dvigatel tsilindrlariga keladigan yonilg’i aralashmasi drosselli zaslonka yordamida rostlab turiladi. Bir jiklyor- li oddiy K. yonilg’i aralashmasi tarkibi- ni keraklicha o’zgartirib bera olmaydi. Zamonaviy K.da ekonomayzer, tezlatkich nasosi, yurgizib yuborish qurilmalari bo’ladi. K. avtomobil, motosikl, motor- li qayiq dvigatellarida ishlatiladi.