Karmana, Karmina
Karmana, Karmina (asli sug’diycha Xarmana — katta saroy) — aholi yashay- digan qad. maskanlardan biri. Navoiy viloyatida joylashgan. Viloyat hududida o’tkazilgan arxeologik tadqiqotlar va kuzatishlarning natijalaridan ma’- lum bo’lishicha, Zarafshon vodiysining Daryo, bir qismi adirlik va dashtlik er- larini kesib o’tgan o’rta qismida joy- lashgan keng bu hududda aholi o’rta tosh davrining muste (mil. AV. 150-40 ming yilliklar) bosqichidan boshlab yashab keladi. Bunga misol tariqasida Kalqonota qishlog’i yaqinida, Uchtut mav- zeida, topib tekshirilgan muste davri tosh qurollari yasash ustaxonasi va ib- tidoiy odamlar makoni hamda neolit davri (mil. AV. 5-3 ming yilliklar)da chaqmoqtosh bo’laklari kavlab olingan. Eng qad. kon — «Uchtut shaxtasi» (usta- xonasi)ning o’rni va lahmlari (tunnel qoldiklari); shuningdek, Sarmishsoy va Biyronsoy bo’ylab jez (bronza) davridan boshlab to ilk o’rta asrlargacha o’tgan uzoq ming yilliklar mobaynida kad. ovchi va podachilarning qoyalarga o’yib tushirgan turli mazmundagi tasvirlari hamda ov manzaralari kabi noyob osori-atiqalarni sanab o’tish mumkin. Qalqonota va koni- mex atroflarida kayd etilib, tadqiq etilgan mil. AV. 6-4 va mil. 1 — 5-a. larga mansub moddiy madaniyat obi- dalari, Qumrabod, Arabon va Chordara kabi qad. qishloq xarobalari, shuning- dek, Shodibek, Sho’rovul va Qalqonota mozor qo’rg’onlaridan topilgan arxeo- logik topilmalarga karaganda, qariyb ming yillikni qamragan bu davrda K. hududida, xususan, daryoning o’ng tomoni- da joylashgan uning shim. qismida o’troq dehqonchilik hayoti ancha gavjum bo’lgan. Ammo K. hududining qad. tarixi, ayniqsa, bu ko’hna maskanda dehqonchilik va chorvachilik yoki hunarmandchilik kabi kasb va xo’jaliklarning yuzaga kelishi va taraqqiyoti, shaharsozlik madaniyatining shakllanishi tarixiga oid moddiy-mada- niyat obidalari bizning davrimizgacha etib kelmagan. Yozma manbalarda kelti- rilgan bor ma’lumotlar esa, asosan, key- ingi davrlarga — o’rta asrlarga mansub- dir. Buning ustiga ular g’oyatda qisqa va uzuq-yulukdir. 10-a. Buxoro tarixchisi Muhammad Narshaxiyning ta’rificha, «Karmina Buxoro qishloqlari jumlasidan bo’lib, uning suvi Buxoro suvidan keladi; XI- roji Buxoro xirojiga qo’shiladi. Uning o’ziga tegishli alohida bir qishloq ham bor: unda masjidi jome barpo etilgan». Buxoro vohasining sug’orma dehqonchilik erlari K. hududidan boshlangan. Nar- shaxiyning ta’rificha, vohaning za- rafshon daryosidan bosh olgan sug’orish tarmoqlaridan dastlabkisi Karmina anhori hisoblangan. Uni Narshaxiy katta anhor deb yozadi. 9-10-a.larda Buxoroning dehqonchilik erlaridan to’planadigan xiroj solig’idan tushgan har yilgi daromad K. erlarini qo’shib hisoblaganda, «bir million bir yuz ol- tmish sakkiz ming besh yuz oltmish olti diramu besh yarim donakni tashkil et- gan». Keyinchalik K.ning xiroji Buxoro xirojidan ajratilib alohida olingan. Bu ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, K. Buxoro vohasining dehqonchilik rustoq(tuman)lari qatoridan joy ol- gan. U Zarafshon daryosidan chiqarilgan alohida kanal orqali sug’orilgan. K. rustog’i ilk o’rta asrlarda Buxoro vohasining 15 ta dehqonchilik rusto- klarini o’rab o’tgan qad. mudofaa insho- oti — Kanpirak devoridan tashqarida joylashgan. O’rta asr yozma manbalarida bu tashqi rustoq K., ba’zan esa Yasir nomlari b-n tilga olinadi. Rustoqning markazi ham K. nomi ostida Shuxrat top- gan. Narshaxiyning ma’lumoti bo’yicha, Buxoro b-n K. oralig’i 14 farsang (98-112 km) uzunlikka ega bo’lgan. 12-a. muallifi Muhammad as-Sam’oniy bu masofani 18 farsax (120-144 km)gateng bo’lgan deb yoza- Di. K. rustog’i hududidan oqib o’tgan za- rafshon daryosining har ikki soqillari bo’ylab Arfud yoki Varqud, Mizyamaj- kas, Xaromkas yoki Zargonkas va Xarjan- kas hamda Xudimankan kabi katta-kichik shahar va qishloqlar joylashgan. Aholi yashagan bu qad. turar joy orasida eng gavjumi K. shahari xisoblanib, unda adiblar va shoirlar ko’p bo’lgan. 12-a.da K. shahri Xorazmshoh Elarslon (1156-1172) tomonidan vayron qilingan. Keyinchalik u qayta tiklanib, 15-a.da yana yirik shaharga aylangan. So’nggi o’rta asrlarda, xususan, bu- xoro amirligida mang’itlar sulolasi hukmronlik qilgan davrda (1753 — 1920) K. viloyati alohida imtiyozli be- klikka ajratilib, u Buxoro amirining valiahdi tomonidan boshqarilgan. Jum- ladan, Amir Abdulahad va Sayd olim- xonlarning qarorgohlari K. shahrida bo’lgan. Hatto Abdulahad vafotidan so’ng, mayyit Buxorodan olib kelinib, K.da dafn etilgan. Sho’rolar davrida K. Buxoro viloyati- dagi shahar — Navoiy r-nining ma’mu- riy markazi bo’lgan. Keyinchalik Navo- iy viloyati tashkil etilishi va Navoiy sh.ning kengayishi munosabati b-n unga qo’shilib ketgan. Me’moriy yodgorliklar- dan Mir Sayd Bahrom maqbarasi (P-a:) va Qosim Shayx xonaqosi (16-a.) Raboti Malik xarobasi saqlangan.