Kasalxona
Kasalxona — bemorlarni yotqizib davolaydigan muassasa. Po- liklinika b-n birlashtirilgan K.lar bemorlarni poliklinikada va uyda tibbiy yordamning barcha turlari b-n da- volaydigan davolash-profilaktika mu- assasasi hisoblanadi; poliklinika b-n birlashtirilmagan K. faqat stasionar- da davolaydi. Ish hajmi va ma’muriy bo’linishiga ko’ra, respublika, viloyat (o’lka), shahar, tuman va uchastka K.lari farq qilinadi. Ko’p sohali (turli xil ixtisosliklari bo’yicha bo’limlari bor) va ixtisoslashgan (sil, yuqumli, ruhiy, oftalmologik va b.) K.lar bo’lib, bular mazkur kasallik bo’yicha malakali va IX- tisoslashgan tibbiy yordam ko’rsatadi. 14 yoshgacha bo’lgan bolalarga mo’ljallangan bolalar K.si ham ko’p sohali va ixti- soslashgan K.larga bo’linadi. Tibbiyot in-ti yoki ilmiy tadqiqot in-tining bazasi hisoblangan K. klinik K. deb ata- ladi. Bundan tashqari, aholiga kasbiga qarab xizmat qiladigan t.y. transporta K.si, suv xo’jaligi xodimlari K.si va boshqa K.lar bo’ladi. K.da bemorni vrach ko’zdan kechiradigan, hujjatlar rasmiy- lashtiriladigan qabulxona, zarur sani- tariya-gigiena choralari amalga oshiri- ladigan xonalar, davolash bo’limlari (jarrohlik, terapiya va b.), davolash- diagnostika bo’limlari (rentgenolo- giya, fizioterapiya); lab.lar, dorixona, oshxona, ma’muriy-xo’jalik bo’limlari va b. bo’ladi. Birlashgan K.ga, bundan tashqari, poliklinika ham kiradi. K.ni bosh vrach boshqaradi, bemorlar davola- nadigan ixtisoslashgan bo’limga esa shu ixtisoslik bo’yicha malakali vrach mudir- lik qiladi. Birlashgan K.ning bo’lim mu- diri poliklinikadagi tegishli bo’limga ham rahbar bo’lishi mumkin. Xodimlar soni K.dagi o’rinlar soniga bog’liq. K.larning tuzilishi va funktsiyasi, shu- ningdek, unda ishlaydigan tibbiyot xo- dimlarining haq-huquqlari, majburiyat – lari va boshqalar O’zR Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan maxsus davlat me’yornor- malari, yo’riqnoma va ko’rsatmalariga amal qilgan holda olib boriladi. Hoz. Uzbekistan hududida qadimda ham K.ga o’xshash davolash maskanlari mavjud bo’lgan. Amir Temur boshqa mam- lakatlarning mashhur tabiblarini poy- taxt Samarqandga olib kelib, maxsus shifoxonalar ochgan. Movarounnahr va Xurosonda shifoxonalar uchun alohida binolar qurilgan. Shifoxonalar ochishga Alisher Navoiy ham katta ahamiyat ber- gan. Turkistonning ba’zi viloyatlarida maxsus shifoxonalar bo’lganligi manba- larda qayd etilgan. Turkiston chor Ros- siyasi tomonidan bosib olinganidan key- in o’lkada G’arbga xos tibbiy muassasalar vujudga kelgan. Bunga qadar mahalliy aholi xalq tabobati (tabiblar, shikast- bandlar)dan foydalangan. Toshkentda birinchi davolash muassasasi 1868 y. harbiy garnizon qoshida ochilgan lazaret bo’lib, u 1869 y. harbiy gospitalga ay- lantirilgan. Keyinchalik Samarqandda (1872), Xivada (1872), Buxoroda (1891) kichikroq K.lar ishga tushirilgan. 1883 y. oxirida Toshkentda ayollar va bola- lar uchun birinchi ambulatoriya-shifo- xona ochilgan. 1903 y. Yangi shahar K.si qurilgan. 1913 y. Eski shahar K.si (hoz. 1-shahar klinik K.si) ish boshlagan. 1916 y. temir yo’l xodimlari uchun maxsus K. qurilgan. 1918 y. sobiq kadetlar korpu- si binosida K. (hoz. 1-ToshTIning o’quv bazasi), 1926 y. Toshsovet nomli fizio- terapiya K.si; Ko’kcha dahasida epidemio- logiya K.si (hoz. 1-yuqumli kasalliklar K.si) ishga tushgan. Hoz. O’zbekiston Respublikasining barcha shaxar va viloyatlarida yirik K.lar mavjud. Toshkentda O’zR Sog’liqni saqlash vazirligining 1-klinik kasal- xonasi, 15-, 17-shahar klinik kasalxo- nalari, tez tibbiy yordam kasalxonasi, shuningdek, 1 – va 2 – tosh-ti (o’quv baza- si)ga qarashli K.lar faoliyat ko’rsatadi. Hoz. mamlakatimizda 1020 ga yaqin K. bor (2002).