Kashalot

Kashalot (Phuseter catodon) — tishli kitlar kenja turkumiga mansub sut emizuvchi suv hayvoni. Uz. urg’ochisi 13 m gacha, erkagi 21 m gacha, og’irligi 30— 70 t. Boshi juda katta, tanasining uchdan bir qismini tashkil etadi. Ta- nasining old tomoni to’mtoq. Ingich- ka va uzun pastki jag’ida 18-30 juft tishi bor; yuqori jag’ida tishi yo’q. K. qo’ng’irdan to to’q jigarrang tusda. Oke- an va ochiq dengizlarda tarqalgan. Ba’zan Barents dengizi va Kamchatka sohillari yaqinida uchraydi. K. — poligam hayvon. 5 yoshida voyaga etadi. 50 yilcha yashaydi. Kalmarlar va baliqlar b-n oziqlanadi. Oziq topish uchun 2 km gacha chuqurlikka sho’ngishi, suv ostida 1,5 soatgacha turi- shi mumkin. Iqtisodiy ahamiyati katta. Bitta K.dan 9-10 t yog’olinadi. Ovlash man etilgan.