Kashmiriy tili
Kashmiriy tili – Kashmiriylar tili. Hindistondagi Jammu va Kashmir shtati aholisining rasmiy tili. Hind- Eron tillarining dard guruhiga mansub. Kashmir vodiysida tarqalgan. Bu tilde 4 mln. kishi gaplashadi (1992). K.t.da asl kashmiri, kashtavari, poguli, sira- Ji, rambani dialektlari mavjud. K.t.da 4 kelishik tizimi, 2 jins kategoriyasi bor; sintaksisi uchun gaplarning ergative qurilishli bo’lishi xarakterli. Hoz. yozu- VI Arab alifbosiga asoslangan. Adabiy til uchun Kashmir, Srinagar sh.lari dia- lekti asos bo’lgan.