KEGEYLI KANALI
KEGEYLI KANALI – Qoraqalpog’iston Respublikasida qurilgan irrigasiya inshooti. Amuda- ryodan boshlangan Hizketgen kanalinish chap tarmog’i (Qizketgen kanali 25 km da Quvanish-jarma va K.k.ga ajraladi). Uz. 56 km. Suv o’tkazish imkoniyati 115 m3/ sek. 1935 y.da ishga tushirilgan. Keyin- gi yillarda kanal to’liq rekonstruktsiya qilinib, 1963 y.da kanalning 36-km da Mayyob va 55-km da Beshyob gidrouzellari qurildi. K.k.dan Estekjap, Qorasiyroq, Shoxariq va b. kichik kanallarga suv be- riladi. Suv kamayib ketgan yillarda K.k.ga Qattiqoqar kanalining eski o’zani orqali Amudaryoda qurilgan nasos st-yasi yordamida suv uzatiladi (5-6 m3/s). Ka- nal suvi b-n Kegeyli va Chimboy tuman- larida 30 ming ga er sug’oriladi, yangi er- larni o’zlashtirish imkoniyatini beradi.