Keldi Muhammad, Sulton Muhammad

Keldi Muhammad, Sulton Muhammad (?— 1532/33) — Shaybo- niylardan. Shohruhiya sh. va vilo- yat hokimi(taxm. 1517y.dan). Otasi Suyunchxo’jaxon vafot etgach, Toshkent sh. va viloyat hokimi. Shayboniyxon davrida tarxonlikka ko’tarilgan. Shayboniylar- ning shim.ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan, natijada Sirdaryo bo’yidagi bir qancha mulklarni qo’lga kiritgan. Shayboniy sultonlarning Xurosonga yurishi payti (1528-29)da Marvni egal- lagan. K.M. she’riyat, ilm-fanga qiziqqan. Saroyida adabiy bahslar uyushtirgan. Zamonasining etuk adiblari b-n suhbat qurishni yoqtirgan, xususan, 1518 y. u mashhur adib Zayniddin Vosifiyni Samarqanddan o’z huzuriga (Shohruhiyaga) chaqirtirib olgan. K.M.ning topshirig’i b-n saroy tarixchisi Abdulloh Nasrullohiy «Zubdat ul-osor» asarini yozgan. Ad.: Vosifiy Zayniddin, Basoe’ ul-vaqoe’ (Nodir voqealar), [tarjimon N.Norqulov], T., 1979; Axmedov B.A., Istoriko-geograficheskaya literature Sredney Azii XVI—XVIII vv.,] Pis- mennie pamyatniki], T., 1985.