Kelginboev Niyoz Sulaymonovich
Kelginboev Niyoz Sulaymonovich (1914.23.2, Andijon – 1978.1.11, Tosh- kent) — terapevt, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1965), tibbiyot fanlari dri (1963), prof. (1967). Tosh- Tini tugatgan (1935). Toshkent Vrachlar malakasini oshirish in-ti terapiya kafe- drasida Intern-vrach (1936-39), toshti patofiziologiya kafedrasida assistant (1939), harbiy qismlarda vrach (1940— 45), toshti gospital terapiya kafedra- sida assistent (1945-50), dosent (1950- 58). O’lka medisinasi i. t. institutida farmakoterapiya lab.si (1959-67), 1967 y.dan bo’limi mudiri. Ilmiy ishlari farmakologiyaga oid. Kimyogar, botanic va farmakologlar b-n hamkorlikda Stro- fantinni topib, klinikaga joriy etgan. Yurak kasalliklarini glikozidlar b-n davolash ustida tadqiqot olib borgan.