Kembriy tog’lari, Uels tog’lari

Kembriy tog’lari, Uels tog’lari — Buyuk Britaniyadagi tog’lar, Uels ya.o.da. Uz. 150 km. Ko’p qismining bal. 500-700, eng bal. joyi 1085 m (Sno- Udon tog’i). Tog’-muz relefli alohida marza do’ngliklar ko’tarilib qolgan qator yassitog’lardan iborat. Asosan, vul- Kan jinslaridan, shuningdek, slanes, ohaktosh, qumtoshlardan tarkib topgan. Daryo va ko’l ko’p. 400— 600 m baland- likkacha keng bargli o’rmonlar, o’tloqlar, balandroqda torf va vereskzorlar bor. Toshko’mir, polimetall rudasi konlari topilgan. Kembriy sistemasi (davri)ga oid cho’kindi jinslar va qazilma orga- nizmlar dastlab K.t.da o’rganilgan. Re- zervatlar tashkil etilgan.