Kepler (Kepler) Iogann
Kepler (Kepler) Iogann (1571.27.12, Vaylder_shtadt, Vyurgem- Berg 1630.15.11, Regensburg, Bavariya) — nemis astronomi va matematigi. Tyu- Bingen akademiyasida tahsil olgan; o’sha vaqtlari N. Kopernik asarlari b-n tani- shib chiqqan. 1594 y.dan Avstriyaning Gras shahrida mat. va astronomiya uqituvchisi. 1600 y.dan Praga rasadxo-nasida T. Bra- Ge rahbarligida ishladi. K. Pragada op- tik asboblarning astro-nomiyaga tatbiqi va Quyosh tojiga ba-g’ishlangan «Vite- loga qo’shimchalar» (1604), o’zi ixtiro qilgan teleskop haqidagi «Dioptrika» (1611) va b. asarlarini chop ettirdi. «Yangi astronomiya» asarida sayyoralar harakatiga oid dastlabki ikki qonunni ifodalab berdi. «Olam garmoniyasi» asa- rida (1619) esa 3-qonunni ham tavsiflab berdi (q. Kepler qonunlari). «Kopernik astronomiyasini qisqartirish» asari- da (1618-22) o’zining 3 qonunini bar- cha sayyoralar harakati uchun, ayrimlari esa oy va Yupiter yo’ldoshlari uchun ham o’rinli degan to’xtamga kelgan. K. 1627 yili «Rudolf jadvallari» asarida- gi hisoblashlariga tayangan holda 1631 y.da Venera sayyorasi Quyosh diskidan o’tishini aytib berdi. Mat. Sohasida K.ning «vino bochkalarining yangi ste- reometriyasi» asari mashhur bo’lib, unda integral hisob haqida boshlang’ich ma’- lumotlarga duch kelinadi. K.ning loga- rifmlar nazariyasi va hisoblash usulla- riga oid bir qator ishlari ma’lum. K.ning kashfiyotlari nazariy astro- nomiya taraqqiyotiga asos bo’ldi. Ad.: Eremeeva A.N., Vidayutshiesya astronomi mira, M., 1966.