Kerala

Kerala (malayali tilida — kokos palmalari o’lkasi) — Hindistonning Jan.-g’arbiy qismidagi shtat. Arabiston dengizi sohilida. Mayd. 38,9 ming km2. Aholisi 31,8 mln. kishi (2001), asosan, malayali xalqi. Aholisining 60% hindu diniga e’tiqol qiladi, qolganlari xri- stian va musulmonlar. K. — mamlakatda aholi eng zich shtat. Ma’muriy markazi — Tiruvanantapuram (Trivandram) sh. K. — er yuzasining katta qismi past- tekislik, sharqida kardamon va Anaymu- Di tog’lari (bal. 2698 m gacha) joylash- gan. Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Yiliga 3000 mm gacha yog’in yog’adi. Tog’yon bag’irlarida eben, tik, palisandr, po’kak daraxti o’rmonlari bor. Tekisliklarda deqqonchilik qilinadi. K. — agrar shtat. Aholining 50% q.x. bilan shug’ullanadi. Ekishga yaroqli erlar 2 mln. ga. 387 ming ga erda sholi ekiladi. Butun mamlakatda etishtirila- digan kokos yong’og’ining 41% K.da etish- tiriladi. K. Hindistonda etishtiri- ladigan qora murchning 53%, kofening 27%, choyning 9%ni etkazib beradi. Mamlakatdagi kokos palmasining 70%, kauchukli o’simlik plantasiyalarining deyarli hammasi K.da. Shtat mamlakatda ovlanadigan jami dengiz balig’ining 20-25% ni beradi. Marvarid olinadi. K. foydali qazilma va gidroenergiya re- surelariga boy. Malabor sohilida mo- nasit, ilmenit, rutil, tsirkon va b. mi- nerallarga boy monasit qumining katta qatlamlari mavjud. Sanoati, asosan, q.x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisos- lashgan. Kokos tolasidan arqon, poyandoz va b. buyumlar tayyorlanadi. Yog’ochsozlik sanoati rivojlangan. Alyuminiy eri- tish (Alvae), kimyo (Kochin), tsellyuloza (Kojikode), elektrotexnika (Kanannur), faner, avtomobil shinalari, rezina, keramika, ip gazlama, mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, yog’z-dlari, ustaxonalar bor. Sanoat markazlari: Ti- ruvanantapuram, Alvae, Kvilon, Kochin. Yuklar, asosan, dengiz transportida ta- shiladi. Yirik portlari: Kochin va ko- jikode. Keshyu yong’og’i, choy, kofe, dori- vor o’simliklar, limon o’ti moyi, dengiz mahsulotlari eksport qilinadi. Kadimda K. o’rnida Mera davlati bo’lganligi mil. AV. 3-a.ga oid manba- larda aytilgan. K. hududita 1498 y.da portugallar, 1663 y.da gollandlar, 18- a. o’rtalarida frantsuz va inglizlar ke- lib o’rnashgan. 1792 y.da K.ning shim. qismi Angliyaning Ost-Indiya kom- paniyasiga qo’shib olindi. Hindiston mustaqillikka erishgach, Tavanpur-ko- chin shtati tuzildi. 1956 y.da uning aso- sida hoz. K. shtati tashkil etildi.