Keramzit-beton
Keramzit-beton – yengil beton turi; to’ldirgich sifatida keramzit, qovushtirgich sifatida tsement, gips, sintetik smolalardan foydalaniladi. Keramzit-betonning issiqlikdan izolyasiyalovchi, konstruktiv-izolyasiyalovchi va konstruktiv xillari bor. Ularning hajmiy massalari 350 — 1800 kg/m3, qisilishga mustahkamligi 0,5 — 50 MPa. Keramzit-betondan bino va inshootlarning ko’taruvchi va to’suvchi qurilmalari (konstruktsiyalari) tayyorlanadi, shuningdek, kemasozlikda ham ishlatiladi.