Keratomalyatsiya
Keratomalyatsiya (Yunoncha keras — shox, muguz va malakia — yumshokushk) — ko’z shox (muguz) pardasining yemirilishi. Ko’proq yosh bolalarda uchraydi va organizmda oqsil, A vitamin, yog’ moddalari yetishmasligi natijasida kelib chiqadi. Keratomalyatsiyada muguz parda to’qimasi iriydi, yiringli yara paydo bo’lib, parda teshiladi, ko’zning oldingi kamerasida yiring to’planadi, shilliq parda ham o’zgaradi (epiteliysi qurib, ko’chadi). Davo kasallikka sabab bo’lgan omilni bartaraf etishdan iborat.
O‘xshash so‘zlar
- Keratoplastika
- KERATOZLAR
- Kerayit, keroit
- Kerboboev Berdi Murodovich
- Kerch
- KERCH BO’G’OZI
- Kerch yarim oroli
- Kerenskiy Aleksandr Fyodorovich











