KERATOFIR

KERATOFIR (Yun. keras — shox, mu- guz, porhyreos — to’q qizil rang) — Pa- leotip ko’rinishdagi porfirli effuziv yoki tomir ko’rinishidagi nordon tog’ jinsi. Ikkilamchi jarayonlar ta’siri- da o’zgargan. Kulrang, och yashil, qizg’ish- binafsha, ba’zan qo’ng’ir rangda bo’ladi. Porfirli donachalar albit, goho anor- toklaz, diopsid va biotitdan iborat. Di- opsid va biotit ko’pincha o’zgarib xlorit- ga aylanadi. Kvarsli, ortoklazli va b. turdagi K.lar mavjud. Kvarsli porfir, diabaz va spilit tog’jinslari b-n birga uchraydi. Ko’pincha qayta kristallanish- ga uchraydi hamda kvars va albitning globu-lyar o’simtalari hosil bo’ladi. Mikroskop ostida ishqorli dala shpa- ti mikrolitlaridan tashkil topganli- gi ko’rinadi. Xorijda Germaniya, Chexiya, Polsha, Norvegiya, Shvesiya, AQSh, RFda (Sibir, Jan. Ural), shuningdek, Kavkaz, Qrimda bor. O’zbekistonda Qurama, Tom- Di tog’larida uchraydi. Binolarni ichki ko’rinishi, metro st-yalari va yodgorli- klarni bezashda ishlatiladi.