Kichik Osiyo yarim oroli
Kichik Osiyo yarim oroli Osi- yoning g’arbiy qismidagi yarim Orol. Qora, Marmar, Egey va O’rta dengizlar hamda ularni birlashtirib turgan bo’g’ozlar b-n chegaralangan. Mayd. 506 ming km2. O’z. 1000 km dan ko’proq, kengligi 400-600 km. Yarim orolning dengiz bo’yidagi kambar pasttekislikdan tashqari hamma qismi tog’lik. Shim. va Jan. qirg’oqlari tekis, g’arbiy qirg’og’i notekis, Orol ko’p. Yarim orolning katta qismi kichik Osiyo tog’ligidan iborat. K.O.ya.o.ning marka- ziy qismida chala cho’l landshaftli ana- dolu yassitog’ligi joylashgan. Eng baland joyi — so’ngan Erjiyos vulkani (3916 m). Yarim orolning shim. va g’arbiy qismida zilzilalar bo’lib turadi. Karst relef shakllari keng tarqalgan. Iqlimi sub- tropik o’rta dengiz iqlimi, sharqqa to- mon qurg’oqlashib boradi. Yillik yog’in chekka qismidagi tog’larda 1000-3000 mm, ichki r-nlarda 200-500 mm. Daryola- ri kamsuv, qishda to’libroq oqadi. Oqmas ko’l va sho’rxok ko’p. Chala cho’l va dasht o’simliklari o’sadi, o’rmonlar uchraydi. K.O.ya.da Turkiya hududining katta qismi joylashgan.